URGANCH SHAHAR HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING SHAHAR AHOLISIGA BAYRAM TABRIGI
Qadrli hamshaharlar!
Barchamiz orziqib kutgan 2022 yil kirib kelmoqda.
Mo'tabar otaxon va onaxonlarimizni, singillarimiz va opalarimizni, umidli yoshlarimizni, barcha hamshaharlarimizni kirib kelayotgan yangi yilbilan samimiy tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning saʼiy harakatlari bilan mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida, aholi kundalik turmushida oʼzgarishlar yasaldi.Iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishga erishdik. Yuqori texnologiyalarga asoslangan o'nlab yangi korxonalar, transport tizimlari ishga tushirildi. Zamonaviy uy-joylar, yo'l va ko'priklar, bog'cha va maktablar, shifoxonalar, madaniyat va san'at, sport maskanlarini barpo etdik. Fuqarolarimizning manfaatlari himoya qilinib, ularning yanada baxtli yashashi, emin-erkin umr guzaronlik qilishlari uchun zarur shart - sharoitlar yaratib berildi.
Bir so'z bilan aytganda, mamlakatimiz taraqqiyoti strategiyasi g'oyatda samarali bo'lib, yangi-yangi islohotlar hayotga tatbiq etildi.
Аziz do'stlar!
Prezidentimiz aytgandek, mazkur yilda xalqimizning turmush farovonligini oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida ahamiyat berishni maqsad qildik. Shuningdek, aziz yoshlarimiz, mehnatkash va oqila opa-singillarimiz, muhtaram keksalarimizning hayotiy manfaatlarini ta'minlash e'tiborimiz markazida bo'ladi. Sog'liqni saqlash, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish masalalari yangi bosqichga koʼtariladi.
Hammalaringizni shu ezgu va xayrli maqsad yo'lida jipslashib, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti uchun mehnat qilishga chorlayman.
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni mana shu quvonchli kunlarda yana bir bor Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod qilaman. Jondan aziz eldoshlarimni, oilasi davrasida yangi yilni kutib olayotgan barcha urganchliklarni go'zal va betakror ayyom - yangi yilning kirib kelishi bilan tabriklayman.
Yangi-2022 yilning qadami qutlug' kelsin!
Yangi yil barchamizga muborak bo'lsin!
Hurmat bilan,
Urganch shahar hokimi Xolboyev Oybek Madaminovich.
URGANCH SHAHAR HOKIMI OYBEK XOLBOYEVNING 2022-YIL REJALARI HAQIDA BERGAN INTERVYUSI
#Intervyu_monolog
"Hali oldimizda oʼz yechimini kutayotgan muammolar, masalalar koʼp, albatta. Zero, rivojlanish shunday bir dovonki, undan bosqichma-bosqich oʼtiladi. Hayot davom etar ekan, muammo-yu tashvishlar boʼlishi ham tabiiy, albatta. Taraqqiyot esa toʼxtamaydi. Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan davrda xalqimizni qiynayotgan masalalarga tezroq yechim topish, shaharda 4 ta sektor rahbari va hokim oʼrinbosarlari, deputatlar, barcha idora va tashkilotlar rahbarlari, siz, hurmatli faollar bilan hamjihatlikda oldimizda turgan vazifalarni sidqidildan bajarish, odamlarning hayotdan rozi boʼlishlariga erishish – bosh maqsadimizdir.
Oldimizga qoʼygan rejalarni bajarish hisobiga shaharda 2022 yilda 2021 yilga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 105,8 foizga, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 103 foizga, qurilish pudrat ishlari hajmi 101 foizga, kapital qoʼyilmalarni oʼzlashtirish 115 foizga, chakana savdo tovar aylanmasi 128 foizga, xizmat koʼrsatish hajmi 120,6 foizga oʼsishiga erishiladi.
Iqtisodiyotning asosiy tarmogʼi boʼlmish eksport sohasini rivojlantirish borasida ham shahrimizda ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sanoat, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari hisobiga 2021 yil 15 dekabr holatiga jami 28 mln. 646 ming АQSh dollarlik eksport hajmi bajarildi. 2022 yilda esa bu raqamni 32,7 mln dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
2022 yilda jami 18.7 km, jumladan, “Yuqoribog” mahallasida 0.6 km, “Binokor” mahallasida 1 km, “Yangi hayot” mahallasida 4.3 km, “Mashʼal” mahallasida 1.5 km, “Temiryoʼlchi” mahallasida 5.6 km, "Olmabogʼ" mahallasida 1 km, “Beshmergan” mahallasida 2.3 km, "Obihayot" mahallasida 1.7 km, “Jambul” mahallasida 0.7 km. uzunlikda ichimlik suv quvurlarini rekonstruktsiya qilish hamda “Temiryoʼlchi” mahallasida 1 dona (STI) suv taqsimlash inshootini qurish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning natijasida shahrimiz aholisining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 99,6 foizga yetkaziladi.
Shaharda 2022 yilda jami 8 ta, jumladan, "Shodlik" mahallasida 2 ta, "Navroʼz" mahallasida 1 ta, "Islomod" mahallasida 1 ta, "Binokor" mahallasida 1 ta, "Kamolot" mahallasida 1 ta, "Yangiobod" mahallasida 2 ta transformator punktlarini yangidan oʼrnatish, 22.8 km, jumladan, "Shodlik" mahallasida 4,6 km, "Navroʼz" mahallasida 6.8 km, "Islomobod" mahallasida 2,6 km, "Binokor" mahallasida 1.5 km, "Kamolot" mahallasida 4.5 km, “Yangiobod”mahallasida 2.1 km. uzunlikdagi havo liniyalarini yangidan qurish rejalashtirilgan. Shuningdek,“Shodlik” mahallasida 1 ta, "Binokor" mahallasida 1 ta, "Kamolot" mahallasida 2 ta transformatorni rekonstruktsiya qilish hamda 13.8 km, jumladan, "Shodlik" mahallasida 6,2 km, "Navroʼz" mahallasida 2.2 km, "Binokor" mahallasida 0.7 km, "Kamolot" mahallasida 3.0 uzunlikdagi havo liniyalarini rekonstruktsiya qilish ishlari ham oldimizdagi vazifadir. Shu bilan birga, 2022 yilda aholi va ulgurji istemolchilarning kuz-qish mavsumini betalofat oʼtishini taʼminlash maqsadida 62,0 km 0,4-6-10 kVli elektr uzatish tarmogʼi, 28 dona transformator punktlarida mukammal taʼmirlash ishlarini bajarish rejalashtirilgan.
2022 yilda Investitsiya dasturiga asosan Viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazidagi tugallanmagan ishlar yakuniga yetkaziladi hamda Viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseri rekonstruktsiya qilinadi.
Shaharda Turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadida
2022 yilda investitsiya dasturi asosida yangidan 5 ta turizm obʼekti, jumladan, 1 ta tibbiyot turizmi, 2 ta gastronomik turizm, 2 ta shopping turizm obʼektlari tashkil etiladi va bu orqali qoʼshimcha 14 ming sayyohlarni kabul qilish imkoniyati hamda 50 ta yangi ish oʼrinlari yaratiladi.
Umuman olib aytganda, butun mamlakatimiz boʼylab keng quloch yoygan "Inson qadri uchun” gʼoyasini amalga oshirish faoliyatimizning bosh mezoni va mazmuniga aylanadi."- Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev.
BAYRAM ARAFASIDA ISHSIZ FUQAROLARGA MAISHIY TEXNIKALAR TOPSHIRILDI
Urganch shahar aholi bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan Urganch shahridagi "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"dagi bir guruh hamshaharlarimizga subsidiyalar ajratilib, maishiy texnikalar topshirildi.
Natijada hamshaharlarimiz mazkur texnikalar yordamida uy sharoitida tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari mumkin boʻladi.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
ҚЎРИҚЛАШ БОШҚАРМАСИДА ЁШЛАР УЧУН “ОЧИҚ ЭШИКЛАР КУНИ”
Бугунги кунда ёш авлодни ватанпарварлик рухида тарбиялаш, галдаги устувор вазифалардан бири хисобланади.
Айни шу мақсадда куни кеча Миллий гвардия Хоразм вилояти Қўриқлаш бошқармасида “Огохий” номидаги 21 сонли ихтисослаштирилган мактаб ўқувчилари учун “Очиқ эшиклар” куни ташкиллаштирилди. Вилоят Қўриқлаш бошқармасининг масъул ходимлари томонидан ўқувчиларга бугунги кунда Қўриқлаш бош бошқармаси томонидан кўрсатилаётган хизмат турлари, ходимларнинг хизмат олиб бориш жараёни хамда сохага кириб келаётган янги технологиялар хақида батафсил тушунчалар берилди. Хусусан ўқувчилар Бошқарма мониторинг маркази ва тезкор харакатланувчи гурух ходимларининг фаолияти билан хам яқиндан танишдилар. Хизмат итлари хақидаги маълумотлар эса ўқувчиларда катта қизиқиш уйғотди. Шу билан биргаликда тадбир иштирокчилари хозирги вақтда Қўриқлаш бошқармаси томонидан кенг тарғиб қилинаётган спортнинг “Камондан отиш” тури бўйича ташкиллаштирилган машғулотларда хам катнашиш имкониятига эга бўлдилар. Ўқувчилар ўзларини қизиқтирган саволлар билан мутахассисларга юзланиб, хизмат билан боғлиқ бўлган маълумотларни билиб олдилар. Мазкур тадбир иштирокчиларда катта таъсурот қолдирди.
URGANCH SHAHAR HOKIMI OYBEK XOLBOYEV MUROJAATI TINGLANDI
Joriy yilning 17 dekabr kuni Urganch shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining qirq yettinchi sessiyasi o'tkazildi.
Sessiyada Urganch shahar deputatlari, shahar sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, idora va tashkilotlar rahbarlari, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.
Unda Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev boshchiligida 2021 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2022 yil uchun belgilangan ustuvor yoʼnalishlar xususida Urganch shahar aholisiga murojaat yoʻlladi.
- Bugungi yigʼilishdan asosiy maqsadimiz joriy yil davomida Hurmatli Prezidentimiz tomonidan oldimizga qoʼyilgan ulugʼvor vazifalarning ijrosini taʼminlash boʼyicha Siz, hurmatli shahrimiz faollari bilan birgalikda amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilish, kelgusi yilda oldimizda turgan vazifalarni belgilab olishdan iborat" - deya Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev shahrimiz aholisiga oʻz murojaatini yoʻllashni boshladi.
Murojaatda shahrimizdagi hudud aholisini kambagʼallikdan chiqarish boʼyicha istiqboldagi vazifalar, hududda yangi ishlab chiqarish subʼektlarini tashkil etish, aholi bandligini taʼminlash borasida soʼz bordi.
- Yakunlanib borayotgan yilda shahar iqtisodiyotining barcha yoʼnalishlari barqaror oʼsishi borishi taʼminlanib kelinmoqda.
Xususan, Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2020 yilda 1913,3 mlrd. soʼm boʼlib, oʼsish 103,6 foizni tashkil qilgan. Аholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13 mln 255 ming soʼmni, shaharning viloyat sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 19,9 foizni tashkil qilgan. 2021 yilning hozirgi davriga qadar Urganch shahar boʼyicha 100 ta 3,64 gektar boʼsh yer uchastkalari aniqlangan, shundan 5 ta 0,915 gektar yer uchastkalari «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasiga chiqarilgan, 5 ta holatda 0,915 gektar yer uchastkalari 945 mln. 65 ming 497 soʼmga sotilgan."
Shuningdek, Urganch shahar hokimi shahrimizda "Temir daftar", "Yoshlar daftari" ga kiritilgan oilalar xususida ham toʻxtalib oʻtdi:
-"Temir daftar”ga kiritilgan jami ehtiyojmand oilalar 2165 tani, oila aʼzolar soni 8476 ta, shundan mehnatga layoqatli ishsizlar 1951 tani tashkil qiladi. 1905 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 5 nafariga chorvachilik, tikuvchilik, xizmat koʼrsatish va ishlab chiqarish yoʼnalishlarida jami 93 mln.soʼmlik kreditlar ajratildi.
Bugungi kunda shahar aholisining 26 ming 600 nafarini (yoki 18,1 foizini) 18-30 yoshdagi yoshlardan iborat boʼlib, shundan 16 ming 78 nafari bilan soʼrovnoma oʼtkazildi, bugungi kun holatiga ushbu yoshlardan 6 ming 145 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.
Oʼtgan davr mobaynida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan jami yoshlarning 5 837 nafari (94,8 foiz) daftardan chiqarildi - dedi Urganch shahar hokimi oʻz nutqida.
Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev shahrimiz aholisiga murojaatini Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning “Xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qilish, yurtimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qatʼiy nazar, har bir insonga eʼtibor va gʼamxoʼrlik koʼrsatish – davlatimiz va jamiyatimizning bosh vazifasidir. Mana shunday ezgu va sharafli maqsad yoʼlida keksayu yosh barcha vatandoshlarimiz bir tanu bir jon boʼlib harakat qiladilar, yangi Oʼzbekiston bunyodkori boʼlib maydonga chiqishlariga ishonaman” degan fikrlari bilan yakunladi.
Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyevning mazkur murojaatidan soʻng, yigʻilganlar tomonidan qarsaklar yangradi. Shuning bilan yil yakuniga bagʻishlangan Urganch shahar hokimining shahrimiz aholisiga murojaati oʻz nihoyasiga yetdi.
Shuningdek, tadbir davomida matbuot anjumani ham tashkil etildi. Unda OАV vakillari va blogerlar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.
Matbuot anjumani yakunida, shahrimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yarmarkasi va pres-tur oʼtkazildi.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
MAHSULOTLAR YARMARKASI
Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyevning 2021 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2022 yil uchun belgilangan ustuvor yoʼnalishlar toʼgʼrisida shahar ahliga murojaati yuzasidan shahrimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yarmarkasi oʼtkazildi.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
MEDIA-TUR ISHTIROKCHILARI TEXNOPARKDA
Media-turning soʻnggi manzili, Urganch shahridagi "Texnopark"da joylashgan "Koʻhna Diyor Textil" MJCh boʻldi. Mazkur korxona bilan tanishish barobarida ishtirokchilar korxona haqida maʼlumot va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ushbu "Texnopark" viloyatimizdagi yagona katta loyiha boʻlib, bu yerda koʻplab ishlab chiqarish korxonalari joylashgan.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
NAVBATDAGI MANZILIMIZ, URGANCH SHAHRIDAGI QOGʻOZ ISHLAB CHIQARISH KORXONASI
Media-turning navbatdagi manzili qogʻoz ishlab chiqarish korxonasi boʻldi. U yerda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ushbu Urganch shahridagi "MATBAA-PAPER" MChJ tomonidan "Qogʼoz va qogʼoz mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasi asosida
korxonada karton va qogʼoz mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mazkur loyiha natijasida 93 ta yangi ish oʼrinlari yaratilgan. Joriy yilda ishlab chiqarish quvvati yiliga 21,0 mlrd soʼmlik mahsulot eksport qilish koʼzda tutilgan.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
MEDIA-TUR ISHTIROKCHILARI ISHLAB CHIQARISH KORXONASIDA
Urganch shahrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan bugun shahrimizda "Al-Ulugʻ TRANS" MChJ yogʻ- moy mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 24 mlrd soʻm miqdoridagi mablag‘ evaziga faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Korxonada 70 nafar ish o‘rni yaratilgan. Bu yerda paxta moyi, sheluxa va shrot mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Media-tur ishtirokchilarining dastlabki sayohati mazkur korxonaga boʻldi.
Kelgusida ushbu korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 40,0 mlrd soʼmlik paxta yogʼi, sheluxa va shrot mahsulotlari ishlab chiqariladi va 200 ming dollarlik mahsulot eksport qilish salohiyati mavjud boʼladi.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Eʼlon
Joriy yilning 17 dekabr soat 11:00 da Urganch shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining qirq yettinchi sessiyasi o'tkazilishi belgilangan.
Unda Urganch shahar hokimi Oybek Madaminovich Xolboyevning hududni 2021 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va kelgusi yilgi rejalariga bag'ishlangan murojaati o'rin olgan.
Shu munosabati bilan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlarni taklif etib qolamiz.
Murojaat uchun telefonlar: +99897-221-24-24
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.