ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

URGANCH SHAHAR HOKIMI XOLBOYEV OYBEK MADAMINOVICHNING SHAHAR AHOLISIGA BAYRAM TABRIGI

Qadrli hamshaharlar!

Barchamiz orziqib kutgan 2022 yil kirib kelmoqda.

Mo'tabar otaxon va onaxonlarimizni, singillarimiz va opalarimizni,  umidli yoshlarimizni, barcha hamshaharlarimizni kirib kelayotgan yangi yilbilan samimiy tabriklayman. 

Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning saʼiy harakatlari bilan mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida, aholi kundalik turmushida oʼzgarishlar yasaldi.Iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishga erishdik. Yuqori texnologiyalarga asoslangan o'nlab yangi korxonalar, transport tizimlari ishga tushirildi. Zamonaviy uy-joylar, yo'l va ko'priklar, bog'cha va maktablar, shifoxonalar, madaniyat va san'at, sport maskanlarini barpo etdik. Fuqarolarimizning manfaatlari himoya qilinib, ularning yanada baxtli yashashi, emin-erkin umr guzaronlik qilishlari uchun zarur shart - sharoitlar yaratib berildi.

Bir so'z bilan aytganda, mamlakatimiz taraqqiyoti strategiyasi g'oyatda samarali bo'lib, yangi-yangi islohotlar hayotga tatbiq etildi.

Аziz do'stlar!

Prezidentimiz aytgandek, mazkur yilda xalqimizning turmush farovonligini oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida ahamiyat berishni maqsad qildik. Shuningdek, aziz yoshlarimiz, mehnatkash va oqila opa-singillarimiz, muhtaram keksalarimizning hayotiy manfaatlarini ta'minlash e'tiborimiz markazida bo'ladi. Sog'liqni saqlash, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish masalalari yangi bosqichga koʼtariladi.

Hammalaringizni shu ezgu va xayrli maqsad yo'lida jipslashib, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti uchun mehnat qilishga chorlayman.

Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni mana shu quvonchli kunlarda yana bir bor Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod qilaman. Jondan aziz eldoshlarimni, oilasi davrasida yangi yilni kutib olayotgan barcha urganchliklarni  go'zal va betakror ayyom - yangi yilning kirib kelishi bilan tabriklayman.

Yangi-2022 yilning qadami qutlug' kelsin!
Yangi yil barchamizga muborak bo'lsin!


Hurmat bilan,
Urganch shahar hokimi Xolboyev Oybek Madaminovich.
Сана: 31.12.2021 01:19
0
605
Тепага чиқиш