ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

URGANCH SHAHAR HOKIMI OYBEK XOLBOYEV MUROJAATI TINGLANDI


Joriy yilning 17 dekabr kuni Urganch shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining qirq yettinchi sessiyasi o'tkazildi. 
Sessiyada Urganch shahar deputatlari, shahar sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, idora va tashkilotlar rahbarlari, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.


Unda Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev boshchiligida 2021 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2022 yil uchun belgilangan ustuvor yoʼnalishlar xususida Urganch shahar aholisiga murojaat yoʻlladi. 


- Bugungi yigʼilishdan asosiy maqsadimiz joriy yil davomida Hurmatli Prezidentimiz tomonidan oldimizga qoʼyilgan ulugʼvor vazifalarning ijrosini taʼminlash boʼyicha Siz, hurmatli shahrimiz faollari bilan birgalikda amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilish, kelgusi yilda oldimizda turgan vazifalarni belgilab olishdan iborat" - deya Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev shahrimiz aholisiga oʻz murojaatini yoʻllashni boshladi.


Murojaatda shahrimizdagi hudud aholisini kambagʼallikdan chiqarish boʼyicha istiqboldagi vazifalar, hududda yangi ishlab chiqarish subʼektlarini tashkil etish, aholi bandligini taʼminlash borasida soʼz bordi.


- Yakunlanib borayotgan yilda shahar iqtisodiyotining barcha yoʼnalishlari barqaror oʼsishi borishi taʼminlanib kelinmoqda. 
Xususan, Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2020 yilda 1913,3 mlrd. soʼm boʼlib, oʼsish 103,6 foizni tashkil qilgan. Аholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13 mln 255 ming soʼmni, shaharning viloyat sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 19,9 foizni tashkil qilgan. 2021 yilning hozirgi davriga qadar Urganch shahar boʼyicha 100 ta 3,64 gektar boʼsh yer uchastkalari aniqlangan, shundan 5 ta 0,915 gektar yer uchastkalari «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasiga chiqarilgan, 5 ta holatda 0,915 gektar yer uchastkalari 945 mln. 65 ming 497 soʼmga sotilgan."



Shuningdek, Urganch shahar hokimi shahrimizda "Temir daftar", "Yoshlar daftari" ga kiritilgan oilalar xususida ham toʻxtalib oʻtdi:
-"Temir daftar”ga kiritilgan jami ehtiyojmand oilalar 2165 tani, oila aʼzolar soni 8476 ta, shundan mehnatga layoqatli ishsizlar 1951 tani tashkil qiladi. 1905 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 5 nafariga chorvachilik, tikuvchilik, xizmat koʼrsatish va ishlab chiqarish yoʼnalishlarida jami 93 mln.soʼmlik kreditlar ajratildi.
Bugungi kunda shahar aholisining 26 ming 600 nafarini (yoki 18,1 foizini) 18-30 yoshdagi yoshlardan iborat boʼlib, shundan 16 ming 78 nafari bilan soʼrovnoma oʼtkazildi, bugungi kun holatiga ushbu yoshlardan 6 ming 145 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. 
Oʼtgan davr mobaynida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan jami yoshlarning 5 837 nafari (94,8 foiz) daftardan chiqarildi
- dedi Urganch shahar hokimi oʻz nutqida.


Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev shahrimiz aholisiga murojaatini Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning “Xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qilish, yurtimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qatʼiy nazar, har bir insonga eʼtibor va gʼamxoʼrlik koʼrsatish – davlatimiz va jamiyatimizning bosh vazifasidir. Mana shunday ezgu va sharafli maqsad yoʼlida keksayu yosh barcha vatandoshlarimiz bir tanu bir jon boʼlib harakat qiladilar, yangi Oʼzbekiston bunyodkori boʼlib maydonga chiqishlariga ishonaman” degan fikrlari bilan yakunladi.


Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyevning mazkur murojaatidan soʻng, yigʻilganlar tomonidan qarsaklar yangradi. Shuning bilan yil yakuniga bagʻishlangan Urganch shahar hokimining shahrimiz aholisiga murojaati oʻz nihoyasiga yetdi.


Shuningdek, tadbir davomida matbuot anjumani ham tashkil etildi. Unda OАV vakillari va blogerlar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.


Matbuot anjumani yakunida, shahrimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yarmarkasi va pres-tur oʼtkazildi.


Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.

Сана: 17.12.2021 04:30
0
1 765
Тепага чиқиш