ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

URGANCH SHAHAR HOKIMI OYBEK XOLBOYEVNING 2022-YIL REJALARI HAQIDA BERGAN INTERVYUSI


#Intervyu_monolog

"Hali oldimizda oʼz yechimini kutayotgan muammolar, masalalar koʼp, albatta. Zero, rivojlanish shunday bir dovonki, undan bosqichma-bosqich oʼtiladi. Hayot davom etar ekan, muammo-yu tashvishlar boʼlishi ham tabiiy, albatta. Taraqqiyot esa toʼxtamaydi. Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan davrda xalqimizni qiynayotgan masalalarga tezroq yechim topish, shaharda 4 ta sektor rahbari va hokim oʼrinbosarlari, deputatlar, barcha idora va tashkilotlar rahbarlari, siz, hurmatli faollar bilan hamjihatlikda oldimizda turgan vazifalarni sidqidildan bajarish, odamlarning hayotdan rozi boʼlishlariga erishish – bosh maqsadimizdir.
Oldimizga qoʼygan rejalarni bajarish hisobiga shaharda 2022 yilda 2021 yilga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 105,8 foizga, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 103 foizga, qurilish pudrat ishlari hajmi 101 foizga, kapital qoʼyilmalarni oʼzlashtirish 115 foizga, chakana savdo tovar aylanmasi 128 foizga, xizmat koʼrsatish hajmi 120,6 foizga oʼsishiga erishiladi.
Iqtisodiyotning asosiy tarmogʼi boʼlmish eksport sohasini rivojlantirish borasida ham shahrimizda ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sanoat, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari hisobiga 2021 yil 15 dekabr holatiga jami 28 mln. 646 ming АQSh dollarlik eksport hajmi bajarildi. 2022 yilda esa bu raqamni 32,7 mln dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. 
2022 yilda jami 18.7 km, jumladan, “Yuqoribog” mahallasida 0.6 km, “Binokor” mahallasida 1 km, “Yangi hayot” mahallasida 4.3 km, “Mashʼal” mahallasida 1.5 km, “Temiryoʼlchi” mahallasida 5.6 km, "Olmabogʼ" mahallasida 1 km, “Beshmergan” mahallasida 2.3 km, "Obihayot" mahallasida 1.7 km, “Jambul” mahallasida 0.7 km. uzunlikda ichimlik suv quvurlarini rekonstruktsiya qilish hamda “Temiryoʼlchi” mahallasida 1 dona (STI) suv taqsimlash inshootini qurish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning natijasida shahrimiz aholisining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 99,6 foizga yetkaziladi.
Shaharda 2022 yilda jami 8 ta, jumladan, "Shodlik" mahallasida 2 ta, "Navroʼz" mahallasida 1 ta, "Islomod" mahallasida 1 ta, "Binokor" mahallasida 1 ta, "Kamolot" mahallasida 1 ta, "Yangiobod" mahallasida 2 ta transformator punktlarini yangidan oʼrnatish, 22.8 km, jumladan, "Shodlik" mahallasida 4,6 km, "Navroʼz" mahallasida 6.8 km, "Islomobod" mahallasida 2,6 km, "Binokor" mahallasida 1.5 km, "Kamolot" mahallasida 4.5 km, “Yangiobod”mahallasida 2.1 km. uzunlikdagi havo liniyalarini yangidan qurish rejalashtirilgan. Shuningdek,“Shodlik” mahallasida 1 ta, "Binokor" mahallasida 1 ta, "Kamolot" mahallasida 2 ta transformatorni rekonstruktsiya qilish hamda 13.8 km, jumladan, "Shodlik" mahallasida 6,2 km, "Navroʼz" mahallasida 2.2 km, "Binokor" mahallasida 0.7 km, "Kamolot" mahallasida 3.0 uzunlikdagi havo liniyalarini rekonstruktsiya qilish ishlari ham oldimizdagi vazifadir. Shu bilan birga, 2022 yilda aholi va ulgurji istemolchilarning kuz-qish mavsumini betalofat oʼtishini taʼminlash maqsadida 62,0 km 0,4-6-10 kVli elektr uzatish tarmogʼi, 28 dona transformator punktlarida mukammal taʼmirlash ishlarini bajarish rejalashtirilgan. 
2022 yilda Investitsiya dasturiga asosan Viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazidagi tugallanmagan ishlar yakuniga yetkaziladi hamda Viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseri rekonstruktsiya qilinadi. 
Shaharda Turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 
2022 yilda investitsiya dasturi asosida yangidan 5 ta turizm obʼekti, jumladan, 1 ta tibbiyot turizmi, 2 ta gastronomik turizm, 2 ta shopping turizm obʼektlari tashkil etiladi va bu orqali qoʼshimcha 14 ming sayyohlarni kabul qilish imkoniyati hamda 50 ta yangi ish oʼrinlari yaratiladi.
Umuman olib aytganda, butun mamlakatimiz boʼylab keng quloch yoygan "Inson qadri uchun” gʼoyasini amalga oshirish faoliyatimizning bosh mezoni va mazmuniga aylanadi."
- Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev.
Сана: 30.12.2021 10:18
0
4 312
Тепага чиқиш