
Urganch shahar FVB xodimlari tomonidan “Urganchshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi hamda institut tyutorlari bilan biralikda, Urganch davlat pedogogika instituti talabalarining ijara asosidagi yashash xonadonlarining kuz-qish mavsumga tayyorgarligi, isitish qozonlari, dudbo‘ronlari, gaz moslamalari hamda gorelkalarining holati yuzasidan o‘rganib chiqildi.

Talabalarga kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, tabiiy va is gazidan zaxarlanishni, havo-gaz aralashmasi chaqnashini hamda botulizm kasalligini oldini olish yuzasidan profilaktik tushuntirishlar o‘tkazildi.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Veb-sayt |
Instagram | Facebook | Telegram