ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

URGANCHDA "YANGI O'ZBEKISTON YOSHLАRI FORUMI - 2021" HAFTALIGI


Bugun Urganch shahrida "O'zbekiston yoshlari forumi – 2021" haftaligini doirasida yugurish va velomarafon sport musobaqasi o'tkazildi.


Mazkur marafonda vohamizning barcha umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, oliy ta'lim muassasalari talabalari, sport maktablari tarbiyalanuvchilari, harbiy qism xizmatchilari va faol yoshlar qatnashishdi.

Bunday marafonlarni o'tkazishdan maqsad yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ular o'rtasida madaniy sport aloqalarini yaxshilash va yoshlar ongida vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg'ularini shakllantirishdan iborat.

Forum doirasida tadbirlar davom etmoqda.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.

Сана: 09.12.2021 04:19
0
598
Тепага чиқиш