ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

MEDIA-TUR ISHTIROKCHILARI ISHLAB CHIQARISH KORXONASIDA

Urganch shahrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.


Jumladan bugun shahrimizda "Al-Ulugʻ TRANS" MChJ  yogʻ- moy mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 24 mlrd soʻm miqdoridagi mablag‘ evaziga faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.  Korxonada 70 nafar ish o‘rni yaratilgan. Bu yerda paxta moyi, sheluxa va shrot mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Media-tur ishtirokchilarining dastlabki sayohati mazkur korxonaga boʻldi.


Kelgusida ushbu korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 40,0 mlrd soʼmlik paxta yogʼi, sheluxa va shrot mahsulotlari ishlab chiqariladi va 200 ming dollarlik mahsulot eksport qilish salohiyati mavjud boʼladi.


Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Сана: 17.12.2021 09:30
0
371
Тепага чиқиш