Urganch shahri go`zal va jannatmakon mustaqil O`zbekistonimizning go`zal viloyatlaridan biri Xorazm viloyatining markazi. Urganch mustaqillik davrida tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Katta qurilishlar, obodonchilik ishlari, ravon ko`chalar,  xiyobonu binolar, jahon darajasiga to`liq javob beradigan maktablar, kasb-hunar kollejlari, universitetlarni qad ko'tardi .

O‘zbekistonda yetti kun davomida har kuni yomg‘ir yog‘adi

on .

O‘zbekistonda 28-martdan 3-aprelgacha — yetti kun davomida har kuni yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.

 

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Gidrometeorologiya xizmat markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 28—31 mart kunlari ba’zi joylarda ayniqsa kuchli yomg‘ir yog‘adi.

Xabar berishlaricha, 29-martga o‘tar kechasi va kunduzi Qorqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va O‘zbekistonning tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shuningdek, shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.