ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

YAPONIYALIK TADBIRKORLAR SHAHRIMIZDA QATOR SOHALARDA INVЕSTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISHNI RЕJALASHTIRMOQDA

YAPONIYALIK TADBIRKORLAR SHAHRIMIZDA QATOR SOHALARDA INVЕSTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISHNI RЕJALASHTIRMOQDA

Urganch shahar hokimi Bunyod Radjapov, viloyat hokimining o‘rinbosari Anvar Davletov investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan yaponiyalik tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda Yaponiya kompaniyalari tomonidan shahrimizda tibbiyot, keramika va boshqa qator sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. Yaponiyalik tadbirkor Ayako Morishima o‘zaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish maqsadida bir qator yirik kompaniyalari vakillari bilan kelganligini ma’lum qilib, istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish tashabbusini ilgari surdi.
O‘z navbatida shahar hokimi Bunyod Radjapov ikki tomonlama manfaatli yangi investitsiya loyihalari va tashabbuslar uchun shahar hokimligi tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilishi hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.

Yuzma-yuz muloqotda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha hamkorlikda ish tashkil qilish to‘g‘risida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Сана: 24.02.2024 09:38
0
746
Тепага чиқиш