ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

Mahallani qoʼllab-quvvatlash kengashining tashkiliy yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Mahallani qoʼllab-quvvatlash kengashining tashkiliy yigʼilishi boʼlib oʼtdi.Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʼgʼin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-209-sonli Farmoni hamda “Oʼzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʼlga qoʼyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-402-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Urganch shahar mahallani qoʼllab-quvatlash kengashining tashkiliy yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishda yangi tashkil etilayotgan Oʼzbekiston mahallalari uyushmasining shahar boʼlimi faoliyatini samarali yoʼlga qoʼyish, zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga yaqindan hamkorlik koʼrsatish va koʼmaklashish hamda belgilangan topshiriqlarni oʼz muddatida sifatli ijro etish borasida toʼxtalib oʼtildi. 

Shuningdek, shahardagi 40 ta mahallalardan viloyat kengashining tashkiliy yigʼilishida ishtirok etish uchun 6 nafar mahalla raislariga ishonchnoma berildi.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati. 

Сана: 14.01.2024 11:21
0
1 445
Тепага чиқиш