ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

Urganch shahri aholisi diqqatiga!!!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi "Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash boyicha qo'shimcha chora-tadbirlar tog'risida"gi PQ-5072 qaroriga asosan "Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi" tashkil etilgan bo'lib, ushbu jamg'arma mablag'lari jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan.

Joriy yilning fevral oyidan boshlanadigan 2022 yilning 1-bosqichi uchun  openbudget.uz sayti orqali o'z mahallangiz, ko'changiz, hududdagi ijtimoiy obe'ktlarni ta'mirlash yuzasidan o'z takliflaringizni kiriting va takliflarga ovoz berishda faol ishtirok eting.

Tashabbusli byudjet jarayonida faol ishtirok etishingizni so'rab qolamiz. 
Takliflaringiz shahrimiz infrastrukturasini yangilashga xizmat qilishiga e`tibor qarating.


Urganch shahar hokimligi axborot xizmati. 
Тепага чиқиш