ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sud va hokim qarorlaridan fuqarolar norozi!” nomli murojaat tarqaldi.
Ushbu murojaat yuzasidan Urganch shahar hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
 Urganch shahar hokimining 28.05.2018 yildagi 1302q-sonli qaroriga asosan “Xorazm texnologiya” xususiy korxonasiga Urganch shahar “J.Manguberdi” mahallasi “J.Manguberdi” koʼchasi 1-yoʼlak hududidan davlat zaxirasida boʼlgan hududdan tadbirkorlik obyekti qurish uchun 640,0 kv.metr yer maydon ajratib berilgan. 


Ushbu ajratib berilgan yer maydonida qurilishi rejalashtirilgan obyektining shaharsozlik hujjatlari qonunda belgilangan tartibda to‘liq bajarilgan, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi Urganch filiali tomonidan obyekt yer maydoni 08.08.2023 yilda 1733401/R-A4131593-son bilan reestrga kiritilgan va davlat ro‘yxatiga olingan, 22:11:01:07:02:0588-son bilan kadastr yig‘ma jildi shakllantirilgan.
Hozirgi kunda, “Xorazm texnologiya” xususiy korxonasiga tegishli bo‘lgan 640,0 kv.m yer maydoni xususiylashtirilib olingan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi 28.07.2023 yildagi №2023-EY-Y-13/6596-sonli davlat orderi berilgan.
Aholi tomonidan “Xorazm texnologiya” xususiy korxonasiga ajratib berilgan yer maydoni uchun norozilik bildirilib, shahar hokimining qarorini bekor qilish to‘g‘risida murojaatlar bo‘lgan, shu yuzadan nizolar chiqib, bir qancha holatlarda sudlarga murojaat qilingan, sud tomonidan ko‘rib chiqilib, “Xorazm texnologiya” xususiy korxonasi foydasiga xal qilingan.
Bunday holatlar, 2023 yil 10 apreldagi Urganch tumanlararo sudining qarori, 2023 yil 06 iyunda  Xorazm viloyat ma’muriy sudi apelatsiya instansiyasi sudining qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2023 yil 22 sentabr kungi qarorlari bilan rad qilinib “Xorazm texnologiya” xususiy korxonasi foydasiga xal qilinganligi aniqlandi.
Xorazm viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining 31.05.2018 yil №487-sonli xulosasi, Xorazm viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 24.05.2018 yil №1/1-1378-sonli davlat ekologik ekspertiza xulosasi, Urganch shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limining 26.05.2018 yil №9/580-sonli xulosasi, Urganch shahar DSENMning 26.05.2018 yil 4/194-sonli xulosasi, Urganch shahar hokimligi huzurida tuzilgan shahar hududida obyektlar qurilishi uchun yer maydon tanlash, yer uchastkalarini egalik qilishiga, foydalanishga va ijaraga berish (realizatsiya qilish), mavjud obyektlarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda yer uchastkalarini davlat zahirasiga qaytarib olish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy ishlovchi komissiyasi tomonidan tuzilgan 2018 yil 25 may kungi dalolatnomasi, “San’at asri” xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan obyektning loyiha-smeta hujjatlari, Xorazm viloyati Bosh arxitektori huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik kengashi majlisining 13.10.2018 yil №43/1-sonli bayoni, “Monolit loyiha ekspert” MChJ tomonidan berilgan obyektning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tganligi to‘g‘risidagi 24.10.2018 yil №1191-sonli ekspert xulosasi, Xorazm viloyati qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasining obyektning “Qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun” 01.09.2019 yil 14-sonli Ruxsatnoma hujjati asos qilib olingan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasining 49-moddasidagi talablarga asoslanib obyekt qurilishini to‘xtatish, qurilishni boshlashdan oldin obyekt joylashgan hududining jamoatchilik nazoratini yig‘ilishining ijobiy bayoni qarorini olishi shartligi, ushbu hujjatlar ramiylashtirilmasdan har qanday qurilish ishlarini bajarishni to‘xtatish belgilanganligini bildiramiz.
Сана: 18.11.2023 09:31
0
697
Тепага чиқиш