Urganch shahri go`zal va jannatmakon mustaqil O`zbekistonimizning go`zal viloyatlaridan biri Xorazm viloyatining markazi. Urganch mustaqillik davrida tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Katta qurilishlar, obodonchilik ishlari, ravon ko`chalar,  xiyobonu binolar, jahon darajasiga to`liq javob beradigan maktablar, kasb-hunar kollejlari, universitetlarni qad ko'tardi .

BMT mutaxassislari O‘zbekistonni MDHdagi eng baxtli davlat deb topdi

on .

  O‘zbekiston jahonning eng baxtli davlatlari reytingida 49-o‘rinni egalladi. Bu haqda BMT buyurtmasiga asosan tayyorlangan World Happiness Report   2016 hisobotida aytildi, deb xabar bermoqda UzDaily.

 

  BMTning barqaror rivojlanishni ta’minlash usullari bo‘yicha tarmog‘i hisobotidan dunyo davlatlarining baxt indeksi ham o‘rin oldi. Reytingga jami  158  davlat kiritildi. Uni tuzishda iqtisodiyot, psixologiya, statistika va boshqa sohalar mutaxassislari ishtirok etdi.

  Baholashning asosiy kriteriylari sifatida ekspertlar olti omilni inobatga oldi: aholi jon boshiga real YaIM, sog‘lom hayot davomiyligi, yaqinlarga suyanish imkoniyati, hayotiy qarorlar qabul qilish erkinligining subyektiv darajasi, korrupsiyadan himoyalanganlik darajasi va saxiylik.

 

Hisobotda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 5,987 indeksi bilan 2016-yilda sobiq Ittifoq hududidagi eng baxtli davlat deb topildi. O‘tgan yilgi reytingda respublika 44-o‘ringa qo‘yilgan edi.

O‘zbekiston Qozog‘iston (54-o‘rin), Rossiya (56), Litva (60), Belarus (61), Turkiya (78), Portugaliya (94), Ukraina (123) singari davlatlarga nisbatan yuqoriroq natija qayd etdi.

Reytingning eng yuqori pog‘onalarini Daniya (1-o‘rin), Shveysariya (2), Islandiya (3), Norvegiya (4) va Finlyandiya (5) egalladi. AQSh 13-o‘rin bilan kifoyalandi.