Новости
Tovarlarni qayta ishlash operatsiyalarining afzalliklari
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish, qolaversa, eksportni qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Viloyat soliq boshqarmasida bo‘lib o‘tgan tadbir aynan eksport faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxonalarga berilayotgan imkoniyatlar xususida bo‘lib o‘tdi.
So‘nggi yillarda respublikada eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni yaxshilashga qaratilgan choralar natijasida eksport hajmi tobora ortib bormoqda. Aynan tadbirkorlik sub’ektlariga mahsulotlarini eksport qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida import tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartiblari ham keskin soddalashtirilmoqda. Import tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashga qator imtiyoz va prefrensiyalar berilmoqda.
Xorazm viloyatida tashqi savdo operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan 465 ta korxona mavjud bo‘lib, bugungi kunga qadar 88 ming AQSh dollariga yaqin 1472 ta shartnoma imzolangan. Shundan 45 ming AQSh dollariga yaqin eksport qilingan bo‘lsa, 44 ming AQSh dollariga yaqin import qilingan. 8 ta korxona reeksport bilan shug‘ullangan bo‘lib, ular bugungi kunda 7 million AQSh dollaridan ortiq tashqi savdo aylanmasiga ega hisoblanadi.
Urganch shahrida eksport salohiyati eng yuqori bo‘lgan hududlar qatoriga kirishi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 16 ta tashqi savdo operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan 9,5 ming AQSh dollari miqdorida 35 eksport shartnomalari imzolandi. 3 ming AQSh dollariga yaqin ipmort faoliyati amalga oshirilgan.
Eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga nol darajali soliq stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan soliqning oshib ketgan summalari tezlashtirilgan tarzda qoplab beriladi.
Soliq kodeksining 260-moddasiga muvofiq ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar)ga nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi hamda 262-moddasiga asosan Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish sharti bilan nol stavka bo‘yicha soliq solinishi belgilangan, -deydi viloyat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sanjar Xudoyberganov.
Tovarlarni qayta ishlash operatsiyalarining afzalliklari, qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar eksport qilinganda, qayta ishlash operatsiyasida xarid qilingan tovar va xizmatlar bo‘yicha hosil bo‘ladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i salbiy farq summasining qoplab berilishi tadbirkorlarga batafsil tushuntirildi.
Romon Atajonov,
Viloyat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar sho‘basi boshlig‘iУрганч шаҳрида "Ташаббусли бюджет" жараёнининг 2023 йил 3-чорак маблағлари йўналтирилиши ва сарфланиши бўйича ҳисоботи.
Урганч шаҳрида "Ташаббусли бюджет" жараёнининг 2023 йил 3-чорак маблағлари йўналтирилиши ва сарфланиши бўйича ҳисоботи.
MAQSAD KUN KELIB HAQIQATGA AYLANADI…
Rasmiy munosabat
Ushbu murojaat yuzasidan Urganch shahar hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Urganch shahar hokimining 06.02.2019 yildagi 133/1q-sonli qaroriga asosan Urganch shahar “Urganch markaziy dehqon bozori” AJ hududida joylashgan "Urganch markaziy dehqon bozori" AJga qarashli yer maydonining 400.0 kv.metr yer maydonini bir qismini davlat zaxira yer fondi hisobiga qaytarib olingan.
Urganch shahar hokimning 07.02.2019 yildagi №135q-sonli qarori bilan “Xorazm baliq sanoat” MCHJga “Urganch markaziy dehqon bozori” AJ hududi yonidan baliq va baliq maxsulotlari, konserva va yarim tayyor maxsulotlar sotadigan hamda ovqatlanish shahobchasini o‘z ichiga olgan savdo majmuasi qurish uchun 400.0 kv.metr yer maydoni doimiy foydalanishga ajratib berilgan.
Shuningdek, ushbu qarorga asosan ajratib berilgan yer maydoni o‘rni, chegara nuqtalari belgilangan tartibda Urganch shahar qurilish bo‘limi bilan kelishilib, Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi Urganch shahar filiali tomonidan 14.03.2023 yilda 22:11:02:04:01:1137 raqamli kadastr pasporti tayyorlanib, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari 14.03.2022 yilda 1733401/R-A2538709 raqamlari bilan davlat ro‘yhatidan o‘tkazilganligi aniqlandi.
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Urganch dehqon bozori atrofidagi avtoturargohlar qachon tartibga solinadi” sarlavhasi ostida videomurojaat tarqaldi.
Ushbu murojaat yuzasidan Urganch shahar hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Viloyatimizdagi dehqon va fermerlarning yetishtirgan qishloq xo‘jaligi va meva mahsulotlari ayni pishib yetilgan payti bo‘lganligi sababli bozorga keladigan sotuvchilar kundan kunga oshib bormoqda. Shu boisdan, dehqon va fermerlar bozorning odamlar o‘tish joylarida, yo‘laklar, avtoturargohlarda o‘zi yetishtirgan mahsulotlarni tezda sotishni ko‘zlab belgilanmagan joylarda savdo qilish holatlari kuzatilmoqda. Bozor ma’muriyati va tegishli mutasaddi tashkilotlar xodimlari bilan bu holat joyida bartaraf qilinib, belgilangan joylarda o‘tirib savdo qilishlari tushuntirilib, ogohlantirilib kelinmoqda.
Bozor hududida rastalarsiz ochiq hududdagi sotuvchilar va dehqonlarga belgilanmagan joylarda o‘tirib savdo qilishlari qonunga hilofligi va belgilangan rastalarda savdo qilishlari to‘g‘risida radio uzel orqali muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari avtoturargoh atrofidagi ekin maydonlari obodonlashtirilib, yerga ishlov berildi va gazon sepilib archa daraxtlari ekildi, odam o‘tmaydigan qilinib ip to‘sinlar bilan o‘raldi.
Hozirgi kunda ushbu avtoturargohda asfalt yotqizish ishlari rejalashtirilmoqda asfalt ishlari yakuniga yetkazilgandan keyin qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 28.08.2012 yildagi 253 sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda jamiyat faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yib olish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish va ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.

Urganch shahrida "Tashabbusli budjet" jarayonining 2023-yil 2-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisoboti
Uzbek Jewellery Fair 2023
Ko’rgazma yo’nalishlari:
- oltin, kumush, olmos, qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, marvariddan yasalgan zargarlik buyumlari;
- yuqori moda zargarlik buyumlari, qo’l soatlari;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash uchun asbob-uskunalar va asboblar.
Ko‘rgazma doirasida Charming East tanlovi o‘tkaziladi. G‘oliblar esdalik sovg‘alariga ega bo‘lishadi.
Kirish bepul.
Ko’rgazmaga tashrif buyurish uchun o’zingiz bilan birga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bo’lishi kerak, shuningdek, tadbir kuni ro’yxatdan o’tishingiz kerak.
Qo’shimcha ma’lumotlar telefon orqali: (+998) 90−370−0848, (+998) 97−900−0646, (+998) 90−957−1507.
Расмий муносабат
Ҳозирда ушбу ҳолат юзасидан ўрганиш ишлари олиб борилаётгани ўрганиш ишлари якунлангандан сўнг ҳолат юзасидан батафсил маълумот берилишини маълум қиламиз.
Урганч шаҳар ҳокимлиги матбуот хизмати