ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qaror bilan ajratilgan yerda emas, boshqa joyda noqonuniy qurilish aniqlandi” mazmunidagi murojaat tarqaldi. 

Ushbu murojaat yuzasidan Urganch shahar hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Urganch shahar hokimining 06.02.2019 yildagi 133/1q-sonli qaroriga asosan Urganch shahar “Urganch markaziy dehqon bozori” AJ hududida joylashgan "Urganch markaziy dehqon bozori" AJga qarashli yer maydonining 400.0 kv.metr yer maydonini bir qismini davlat zaxira yer fondi hisobiga qaytarib olingan.
Urganch shahar hokimning 07.02.2019 yildagi №135q-sonli qarori bilan “Xorazm baliq sanoat” MCHJga “Urganch markaziy dehqon bozori” AJ hududi yonidan baliq va baliq maxsulotlari, konserva va yarim tayyor maxsulotlar sotadigan hamda ovqatlanish shahobchasini o‘z ichiga olgan savdo majmuasi qurish uchun 400.0 kv.metr yer maydoni doimiy foydalanishga ajratib berilgan.

Shuningdek, ushbu qarorga asosan ajratib berilgan yer maydoni o‘rni, chegara nuqtalari belgilangan tartibda Urganch shahar qurilish bo‘limi bilan kelishilib, Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi Urganch shahar filiali tomonidan 14.03.2023 yilda 22:11:02:04:01:1137 raqamli kadastr pasporti tayyorlanib, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari 14.03.2022 yilda 1733401/R-A2538709 raqamlari bilan davlat ro‘yhatidan o‘tkazilganligi aniqlandi.
Сана: 18.09.2023 02:50
0
646
Тепага чиқиш