ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

MAQSAD KUN KELIB HAQIQATGA AYLANADI…

Ayni kunlarda, Urganch shahri bo’ylab yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida “Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi” o’tkazilmoqda. 
Bugun Urganch shahridagi viloyat Yoshlar markazining majlislar zalida yoshlar, hokimlik xodimlari va tadbirkor ishtirokida “Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi” o’tkazildi.


Unda “Sevinch Med kompleks” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari tadbirkor Nigora Ruzmetova ishtirok etib, o’zining tadbirkorlik faoliyati xususida ma’lumot berdi.


Shuningdek, tadbirkor yoshlar uchun tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga turtki bo’ladigan sabablar va iqtiboslar keltirib o’tdi. Suhbat davomida tinglovchilardan turli savollar keldi va ularga tadbirkor mufassal javob qaytardi.


Urganch shahar hokimligi axborot xizmati. 
Сана: 25.09.2023 03:49
0
207
Тепага чиқиш