HUDUDIY ICHKI YO'LLAR JAMOATCHILIK FIKRI ASOSIDA TA'MIRLANMOQDA
Prezidentimiz qaroriga asosan tashkil etilgan "Ochiq byudjet" axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Respublika byudjetidan Urganch shahriga 1 007.0 mln. so'm hamda Urganch shahar maxalliy byudjetining qo'shimcha manbalari hisobidan 493 mln. so'm jami 1.5 mlrd. so'm mablag' Tashabbusli byudjet jamg'armasiga ajratildi va umumiy takliflar ichidan 8 ta shartli g'olib deb topilgan takliflarga yo'naltirildi.
Shunga asosan, hozirda "Urganch yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi" tomonidan shahrimiz ichki ko'chalari ta'mirlanmoqda.
Xususan, "Turkiston" ko'chasi 5-yo'lak va "Ogahiy" ko'chalarini asfalt qilish ishlari boshlab yuborildi.
Kelgusida siz ham tashabbusli budjet jarayonida ishtirok eting hamda budjet mablag'larini sarflanishida o'z takliflaringizni bildiring!
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.