ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

XАLQ DEPUTАTLАRI URGАNCH SHАHАR KENGАSHINING QIRQ OLTINCHI SESSIYASI


Kecha Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining qirq oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.


Sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, shahardagi tashkilot, korxona rahbarlari va OАV vakillari ishtirok etdi.
Unga Urganch shahar hokimi, sektor rahbari Oybek Xolboyev raislik qildi.


Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi.


1) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Urganch shahridagi Xalq qabulxonasiga 2021-yil III-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqilishi va hal qilinishi ahvoli to'g'rsidagi tahliliy axboroti to'g'risida.


2) Urganch shahrida ijro intizomiga amal qilinishi, jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomiga amal qilinishining ahvoli yuzasidan Urganch shahri hokimining birinchi o'rinbosari J.Eshchanovning hisoboti to'g'risida.


3) Urganch shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reyting baholash natijalarini hamda bu borada hudud darajasida hal etiladigan muammolarni bartaraf etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida.


4) 2021-yilning 9 oyi davomida yoshlar muammolarini hal etishga qaratilgan “Yo'l xaritalari” ning Urganch shahrida ijrosi va bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Urganch shahri hokimining o'rinbosari N.Matyaqubovning axboroti to'g'risida.


5) Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi bilan hamkorligini yo'lga qo'yish to'g'risida.


6) Urganch shahar Adliya bo'limi boshlig'i O.Yusupovning O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5415-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan axboroti to'g'risida.


7) Urganch shahar mahalliy budjetining 2021-yil 9 oylik ijrosi hamda shahar budjet muassasalarining xarajatlar smetasiga o'zgartirish kiritish ilovasini tasdiqlash yuzasidan Urganch shahar moliya bo'limi mudiri J.Sapaevning hisoboti to'g'risida.


8) Urganch shahridagi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarini o‘rganish to'g'risida.


Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborot tinglanib, qaror qabul qilindi.


Urganch shahar hokimligi 
axborot xizmati.


Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/urganchshahar_uz

Сана: 17.11.2021 11:27
0
3 192
Тепага чиқиш