ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

"YOSHLAR PARLAMENTI VAKILLARI MAKTABI"GA MARHAMAT!



O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga asosan "Yoshlar parlamenti vakillari maktabi" tashkil etilishi belgilandi.

Shu munasaboti bilan shahardagi  turli yo'nalishlarda faoliyat olib borayotgan tashabbuskor, yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega 18-30 yoshdagi yoshlarni “Yoshlar parlamenti vakillari maktabi”ga qabul qilinishi uchun xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati va yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limiga murojaat etishingiz mumkin.


Bog'lanish uchun telefonlar: +99897-515-35-05, +99899-016-08-08


Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.

XAYRIYA TADBIRLARIDA FAOL ISHTIROK ETAYLIK!


Urganch shahar hokimining qarori bilan aholiga mehr-muruvvat va insonparvarlik borasida tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish maqsadida joriy yilning 1-10 noyabr kunlari O'zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Urganch shahar bo'linmasi hisobiga xayriya mablag'ini to'plash o'n kunligi deb belgilangan.

Shunga asosan, shahardagi barcha idora, tashkilot, korxona va muassasalar Qizil Yarim oy jamiyatining boshlang'ich tashkilotlarini tuzish, a'zoligiga jalb etish, a'zolik markalarini tarqatish, shuningdek, xayriya mablag'lari to'plash o'n kunligi tadbirlarini o'tkazishda Qizil Yarim oy jamiyati Urganch shahar bo'linmasiga amaliy yordam berishga chaqiramiz.

Ushbu xayrli ishda siz ham chetda qolmang!

Urganch shahar Qizil Yarim Oy Jamiyati X/R 20212000204019469001, MFO: 00808, 
INN: 202993246, DT “Xalq banki” Urganch shahar filiali.


Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.

Сана: 06.11.2021 09:00
0
644
Тепага чиқиш