ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

Kimlar ro‘yxatga olish ishlarida ishtirok etadi?


2023- yilda aholini ro‘yxatga olish ishlari uchun ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlash masalasi nihoyatda dolzarb hisoblanadi. 

Mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarda bu jarayonga jalb etiladigan xodimlar turli yoshda va har xil kasb egalari bo‘lishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. 

Shunga qaramay, tadbirga, birinchi navbatda, Davlat statistika qo‘mitasi va uning viloyat, shahar va tuman bo‘limlari xodimlari, statistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, tayanch doktorantlar jalb etilishi maqsadga muvofiq. Boisi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etish, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, respondentga ishning maqsadini to‘g‘ri yetkaza olish va shu orqali olinadigan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga, ularning maxfiyligini ta’minlash va ularning mazmunini oshkor qilinmasligiga aynan ro‘yxatga oluvchi xodimlar bevosita mas’ul sanaladilar.

Respondentlar tomonidan yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamaslik yoki savollarga javob berishni rad etganlik holatlari yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda  ro‘yxatga oluvchi hodimdan ma’lum darajadagi psihologik ko‘nikma va tajriba talab etiladi. Vaziyatni to‘g‘ri baholash orqali ushbu shaxslarga doir ma’lumotlar ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi. 
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga jalb qilingan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 
Sanobar Qurbonova.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
Тепага чиқиш