MUROJAATLAR DOIMIY RAVISHDA KOʻRIB BORILMOQDA
Bugungi kunda aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni ijobiy hal etish har bir soha rahbarining ustivor vazifasiga aylanib ulgurdi.
Shu boisdan, Urganch shahar hokimligida haftaning har seshanba, chorshanba, payshanba va juma kunlari shahrimiz fuqarolarining murojaat va muammolari mutasaddilar tomonidan tinglanadi. Fuqarolar qabuliga masʼul etib, hokim va oʻrinbosarlariga tegishli soha vakillari bilan birga haftalik kunlar reja-dasturli tarzda boʻlib berilgan.
Xususan, haftaning har seshanba kuni Urganch shahar hokimligida fuqarolarni Urganch shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari Eshchanov Jahongir Saparbaevich mutasaddilar bilan birga tinglaydi.
Haftaning har chorshanba kuni - Urganch shahar hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʼjalik masalalari boʼyicha oʼrinbosari Babajanov Nodirbek Baxodirovich, Urganch shahar hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari Matyaqubov Nurbek Rayimberganovich tegishli tashkilotlar va soha vakillari bilan birgalikda fuqarolar qabulini oʻtkazadi.
Haftaning har payshanba kuni - Urganch shahar hokimi
Xolboyev Oybek Madaminovich shahrimiz aholisi murojaatlarini eshitadi.
Haftaning har juma kuni esa, Urganch shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʼmaklashishi, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʼyicha oʼrinbosari Tadjibaev Mansur Maksudovich, Urganch shahar hokimi oʼrinbosari - Oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi vazifasini bajaruvchisi
Berdieva Barno Saitnazarovna murojaatlarni tinglaydilar.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.