ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

URGANCH SHAHRIDA XORIJIY TILLARNI O'QITISH BO'YICHA ENG YAXSHI MAKTAB ANIQLANDI


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli “Iqtidorli o'quvchilar o'rtasida fan olimpiadalarini o'tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to'g'risida”gi qaroriga asosan, Urganch shahrida “Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab” tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi.


Tahlov ishtirokchilarini taqdirlash marosimida Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev ishtirok etib, 1-o'rinni qo'lga kiritgan 2-son umumiy o'rta ta'lim maktabiga 100 million so'm, 2-o'rinni egallagan 15-son maktab jamoasiga 75 million so'm va 3-o'rinni egallagan 30-son ixtisoslahgan umumta'lim maktabiga 50 million so'm miqdorida pul mukofotini topshirdi.


Shuningdek, g'olib jamoa tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.


Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.


Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/urganchshahar_uz

Сана: 09.03.2022 09:42
0
402
Тепага чиқиш