ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

Rasmiy munosabat



Ijtimoiy tarmoqda Urganch shahar 10-son mahalla hududidagi fuqarolarimizni murojaati yuzasidan 


Urganch shahar hokimligi hamda Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Urganch shahar inspeksiyasi hamkorligida murojaatda ko'rsatilgan hududga chiqqan holda o'rganish ishlari olib borildi.

O'rganish davomida Urganch shahar 10-son mahalla hududidagi chiqindilar "Urganch Avto Eko Trans" MChJ hodimlari tomonidan bartaraf qilindi va tozalandi.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Сана: 04.03.2022 05:02
0
3 246

Ma'muriy javobgarlikdan so'ng ota 18 yoshga to'lgungacha bo'lgan alimentini oldindan to'lab berdi


Byuroning Urganch shahar bo'limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo'yicha Urganch tumanlararo sudining qarzdor K.B.dan undiruvchi M.А.ning foydasiga uch nafar farzandlari ta'minoti uchun ½ qism miqdorida aliment undirish to'g'risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ushbu ijro hujjati yuzasidan qarzdorning alimentdan bo'lgan qarzdorligi jami 23.8 mln. so'mni tashkil qilgan. Qarzdor K.B. bir necha bor aliment pullarini to'lash shartligi to'g'risida ogohlantirilgan bo'lsada, lekin alimentdan bo'lgan qarzdorligini to'lamay kelgan.
Byuroning Urganch shahar bo'limi tomonidan qarzdorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi yuzasidan to'plangan hujjatlar sudga yuborilib, sud tomonidan qarzdorga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Qarzdor ma'muriy qamoq jazosini o'taganidan so'ng, Byuro xodimlarining profilaktik suhbatlari, tushuntirish ishlari natijasida undiruvchi foydasiga farzanlardi 18 yoshga toʼlguniga qadar to'lanishi lozim bo'lgan jami 145 mln. so'm pul mablag'larini olindan to'lab berdi va va ijro hujjati amalda tamomlandi.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.

Сана: 04.03.2022 12:10
0
1 023
Тепага чиқиш