URGANCH SHAHAR HOKIMI KO'KRAK NISHON BILAN TAQDIRLANDI
Bugun Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyevga O'zbekiston Respublikasining "Ma'naviyat a'lochisi" ko'krak nishoni topshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-son qaroridagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, ularning barkamol avlod sifatida shakllanishi hamda ijtimoiy moslashuvini ta'minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash borasidagi tashabbuskorligi uchun hokim O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining "Ma'naviyat a'lochisi" ko'krak nishoni bilan mukofotlandi.
Sizni mazkur ko'krak nishoni bilan butun jamoamiz nomidan muborakbod etamiz.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.