ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

ERTАMIZ EGАLАRI UCHUN QULАYLIKLАR YARАTILMOQDА


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʼbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilinganidan keyin davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini ochish uchun shahrimizda barcha sharoitlar yaratilmoqda.


Soʼzimiz isboti, bugun Urganch shahridagi "Ashxobod" mahallasida 180 nafar bolajonlarga moʼljallangan yangi "Maftuna gulg'unchalari" nomli davlat xususiy sherikligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.

Unda, Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev va shahar sektor rahbarlari, nuroniylar hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdi.

Taʼlimning poydevori hisoblangan maktabgacha taʼlim tizimi ertangi porloq kelajagimiz egalarining istiqboli uchun xizmat qilishni shubxasizdir!

Урганч шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати.

Сана: 07.09.2021 11:37
0
799

OCHIQ MULOQOT TАSHKIL ETILDI


Bugun Urganch shahar hokimligi binosida hokim oʻrinbosarlari, tegishli soha vakillari ishtirokida "Hududda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholining ehtiyojmand qatlamini qoʼllab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari" boʼyicha ochiq muloqot oʼtkazildi.
 
Unda Ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob olishdi. Muloqot davomida bandlik masalalari, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar xususida maʼlumotlar berildi. 
Tadbirda soha mutassadilari, OАV vakillari va blogerlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot qizgʼin baxs va munozaralarga boy boʼldi.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.

Сана: 07.09.2021 10:59
0
677
Тепага чиқиш