ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

ERTАMIZ EGАLАRI UCHUN QULАYLIKLАR YARАTILMOQDА

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʼbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilinganidan keyin davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini ochish uchun shahrimizda barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Soʼzimiz isboti, bugun Urganch shahridagi "Ashxobod" mahallasida 180 nafar bolajonlarga moʼljallangan yangi "Maftuna gulg'unchalari" nomli davlat xususiy sherikligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.



Unda, Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev va shahar sektor rahbarlari, nuroniylar hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdi.




Taʼlimning poydevori hisoblangan maktabgacha taʼlim tizimi ertangi porloq kelajagimiz egalarining istiqboli uchun xizmat qilishni shubxasizdir!

Урганч шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати.
Сана: 07.09.2021 11:37
0
691
Тепага чиқиш