Inson qadrini ulugʼlash – eng oliy qadriyat!
Nogironligi bor insonlarga imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy hayotda faol qatnashishlari uchun koʼmaklashish borasidagi shahrimizda amaliy ishlar davom etmoqda.Bugun Urganch shahridagi "Karavan" mehmonxonasida "3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan shahrimiz mahallalaridagi nogironligi boʼlgan fuqarolarga bayram dasturxoni yozilib, tadbir dasturi oʼtkazildi.Bayram dasturxoni atrofida koʼtarinki kayfiyatda oʼtirgan qatnashchilar koʼrsatilayotgan eʼtibor, gʼamxoʼrlik, mehr-muhabbat uchun oʼz xursandchiliklarini bildirdilar.Shahrimiz sanʼat ustalari, yosh isteʼdod egalari tomonidan musiqali dastur namoyish etildi.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.