ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda "Bular shunchalik zoʼrmi, qonun bular uchun 1 tiyinmi?" sarlavhasi asosida murajaati tarqaldi.

Ushbu murojaat yuzasidan Urganch shahar hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi:

Kadastr agentligi Urganch shahar bo‘limi tomonidan Urganch shahar Istiqlol ko‘chasi 16-uy, 4, 5, 11, 12, 9-xonadonlarda bo‘layyotgan qurilish yuzasidan o‘rganish o‘tkazilganda 9-xonadon fuqaro Islomov Mir Otoxonovichga tegishligi, Urganch shahar Istiqlol ko‘chasi 16-uy 11 va 12-xonadonlar “MIRIRMONTAJ” MChJga (ushbu MCHJ raxbari Islomov Mir Otoxonovich) tegishliligi, Urganch shahar Istiqlol ko‘chasi 16-uy 5-xonadon Ataeva Zara Masharipovnaga tegishliligi va Istiqlol ko‘chasi 16-uy 4-xonadon Salaev G‘ofur Kushnazarovichga tegishli bo‘lib, bugungi kunda ushbu fuqarolarga tegishli bo‘lgan eski turar joylar o‘rnidan ya’ngidan turar joy qurish uchun Urganch shahar qurilish bo‘limi bilan kelishilgan bo‘lsada ushbu fuqarolar nomidan fuqaro Islomov Mir Otoxonovich tomonidan Urganch shahar Istiqlol ko‘chasi 4, 5, 11, 12, 9-xonadonlarning orqa tomonida ya’ni davlat zaxirasida bo‘lgan 1200.0 kv.metr yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib katlavon qazish ishlari bajarayotganligi aniqlanib fuqaro M.Islomovga ushbu o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonni asl holatiga keltirish bo‘yicha 15 kun muddatda asl xolatiga keltirish bo‘yicha 21.11.2022 yil kuni ogohlantirish xati berilgan bo‘lsada fuqaro ushbu ogohlantirish berilishiga etibor qilmasdan ushbu yer maydonda beton quyish ishlarini bajarayotganligi holati aniqlanib o‘zboshimchalik bilan qurilgan betonni buzish bo‘yicha 28.12.2022 yilda da’vo ariza kiritilgan. Ushbu kiritilgan da’vo ariza fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudi tomonidan qaytarilgan.
  Bugungi kunda bo‘lim tomonidan qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazilganda ushbu qurilish bo‘layotgan yer maydonining bir qismi Urganch shahar Istiqlol ko‘chasi 16-uy, 9 xonadonga 41,29 kv.metr yer maydoni 4-xonadonga 41,89 kv.metr yer maydoni  5-xonadonga 31,86 kv.metr yer maydoni 11-xonadonga 47.19 kv.metr jami 132.23 kv.metr yer maydonli ushbu turar joylarga xuquqiy xujjatga asosan tegishli bo‘lgan yer maydonda qurilayotganligi aniqlandi.
Bundan tashqari Islomov Mir Otoxonovich tomonidan ushbu turar joylarning orqa tomonida bo‘lgan davlat zaxirasida turgan 635,77 yer maydon o‘zboshimchalik bilan egallab olinib beton quyish ishlari bajarilganligi aniqlandi.
  O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 90-modda. Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik: 
Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar:
yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda;
yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda.
Fuqaro Islomov Mirga o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarini oldingi holatga keltirish yuzasidan Kadastr agentligining Urganch tuman bo‘limi tomonidan 15 kunlik muddat ichida  ushbu qurilishni buzib yer maydonini oldingi holiga qaytarishi lozimligi tushuntirilgan bo‘lib, javobgar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va qatlavon qazilgan va yerni oldingi xoliga qaytarmaganligi xolati aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 91-moddasi O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish:
Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Shunga asosan Urganch shahar hokimligi tomonidan sudga davo arizasi kiritilgan.
Сана: 09.01.2023 04:30
0
1 714
Тепага чиқиш