ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

URGANCH SHAHRIDA "SO'NGGI QO'NG'IROQ" TADBIRLARI O'TKAZILMOQDA

Inson hayotining hayajonga boy, unutilmas kunlari juda ko'p. Yilning har 25-may sanasi barchaga birdek maktab davrlarining eng yorqin kunlarini eslatadi.


Bugun ham shahrimiz maktablarining bitiruvchi sinf o'quvchilari jonajon maktab bilan xayrlashmoqdalar.



Ana shunday tadbir shahrimizdagi  Urganch shahar xalq bo'limiga qarashli 30-son ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tdi. Unda Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchi o'quvchilarga yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi.


Shuningdek, barcha o'quvchi yoshlarga kelgusida oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirib, yuksak cho'qqilarga erishadigan, Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan yosh va bilimli kadr bo'lib yetishishlarini tiladi.



Bunday tadbirlar shahrimiz bo'ylab ko'tarinki ruhda davom etmoqda...



Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Сана: 25.05.2022 10:30
0
925
Тепага чиқиш