RAMAZONDA QILINADIGAN HAYRLI ISHLAR SAVOBIDAN CHETDA QOLMANG!
Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyi arafasida respublikamizdagi diniy tashkilotlar, masjidlar, ta'lim muassasalari va hududlardagi kam ta'minlangan oilalarga xayriya sifatida ehson tarqatish an'anaga aylangan.
Urganch shahar hokimligi mutasaddilari va "Vaqf" xayriya jamoat fondi xodimlari birgalikda shahrimizdagi boquvchisini yo'qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, og'ir bemor 70 ta hamshaharlarimizga pul mablag'lari tarqatildi. Xususan, boquvchisini yo'qotgan va ogʻir bemor oilalarga 4 mln so'mdan, kam ta'minlangan oilalarga 3-2 mln so'mdan berildi.
Darhaqiqat, Ramazonda qilinadigan xayrli ishlarga ko'plab savoblar berilishidan unumli foydalanib, boquvchisini yo'qotgan, kam taʼminlangan oilalarga ko'maklashish, oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan qiynalgan talabalarning o'quv-shartnoma pullarini to'lash, dori-darmon ololmayotgan bemorlarga yordam berishning savobi juda ulug' hisoblanadi.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.