“INSON QADRI UCHUN” YOXUD “AYOLLAR DAFTARI” VA “YOSHLAR DAFTARI”DAN CHIQQAN ISHBILARMONLAR
“Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish, bosh mezoni bo‘lib qoladi-Shavkat Mirziyoyev
Bugungi kunda hududlarda tashkil etilgan eng zamonaviy uskunalar va jihozlar bilan ta’minlangan monomarkazlar ko`plagan yurtdoshlarimizni kasb-hunarga o`rgatish asosida ish bilan ta’minlanishiga, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga ko’maklashmoqda.
Urganch shahar “Ishga marhamat” monomarkazida ta’lim olib, hozirda mustaqil ravishda ish boshlagan fuqarolar bilan muloqot o’tkazdik:
Manzura Jumaniyozova 35 yosh, Urganch shahri, “Sofiya” kelin liboslari do’koni egasi, malakali sartarosh:
- Men bundan bir yil oldin “Ayollar daftari” da ro’yxatda turardim. Ishsizligimning asosiy sababi, qo’limda hunar yo’qligi edi. Chunki har bir sohada ish boshlash uchun albatta, malaka va tajriba kerak. Soch turmaklari va kelin liboslariga qiziqishim bo’lgani uchun biron-bir “Go’zallik salonlari” bo’lsa ishlamoqchiman, deb mahalla fuqarolar yig’iniga murojaat qilib chiqdim. Ular menga dastlab kasb-hunar o’rganishim lozimligini aytib, Urganch shahrida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazini tavsiya qilishdi. Aholi bandikka ko’maklashish markazi tomonidan yo’llanma asosida “Ayollar sartaroshi” yo’nalishida 3 oylik o`quv kursida o’qidim. Bu yerda turli tanlov va festivallar o`tkazildi. Ishtirok etish barobarida ancha charxlandik, diplom va sertifikatlar sohibi bo’ldik. Hozirda imtiyozli kredit asosida shahar markazida o’zimning “kelin liboslari” do’konimni ochganman. Bu yerda nafaqat liboslar balki, pardoz va soch turmaklari asosida kelin obrazini yaratamiz. Bir nechta shogirdlarim ham bor. Asosiysi, hayotimdan mamnunman!
Malika Vafoyeva, 33 yosh, Urganch tumani, yosh bolalar uqalovchisi, “Yil ayoli” tanlovi g’olibasi
-Hayotda eng ko’p ezilgan va qiyinchiliklarni boshidan kechirgan ayollardan biri men bo’lsam kerak deb o’ylab qolaman. Boisi, bir nafar farzandim bilan turmush o`rtog’imning vafotidan keyin uysiz, ishsiz, ilojsiz qolganman. Sababi, oldin uy Bekasi bo’lganim uchun menga ishlashning hojati yo’q, kasb-hunarga ham ehtiyojim yo’q deb o’ylardim. Lekin bu hayot, oldinda nimalar kutib turganini hech kim bilmas ekan. Onamlarni uyiga kelib yashay boshladim. Bir necha yil uyda qolib ketdim. Bu holatimni ko’rgan mahalla xotin-qizlar raisi men bilan suhbat o’tkazib, nimalarga qiziqishimni so’radi. So’z orasida monomarkazda bepul o`qish borligini aytib qoldi. “Ayollar daftari”da ro’yxatga olinganlar uchun bepul kasb-hunar o’rgatilayotgan ekan. Avvaliga qo`rqdim. Qo’lidan ovqat pishirishdan boshqa hech narsa kelmaydigan ayol bo’lsam, kasb o’rganish men uchun mashaqqatli jarayon edi. Lekin o’zimdagi qo’rquvni yengib, monomarkazga bordim. Bu yerdagi sharoitlar va muhitni ko’rib beixtiyor quvondim. Farzandimni doim o’zim uyda parvarishlab, mashq qildirardim. Shu boisdan, “Yosh bolalar uqalovchisi” yo’nalishida o’qishni boshladim. O’qib yurgan davrlarimdanoq, o’rganganlarimni musstahkamlash uchun mahalladagi nogiron bolalarni, yosh chaqlaoqlarni borib massaj qilib yurdim. Bu ishtiyoqimni ko`rib, mahalladagilar meni “Yil ayoli” ko’rik-tanlovida ishtirok etishimni tavsiya etishdi. Tanlov bir necha bosqichda o’tkazildi. Hali o’qib yurganimga qaramasdan “Yil ayoli” tanlovi g’olibasi bo’ldim. Hozirda xususiy bolalar shifoxonlaridan ishlash takliflari kelyapti. Lekin menda yangi g’oyalar bor. O’zimizda ishlab chiqarilayotgan bir necha xil uqalashda ishlatadigan massaj mahsulotlarini yetkazib berish bo’yicha o’z xizmat ko’rsatish turini tashkil etmoqdaman. O’zimga bo’lgan ishonchimni, shijoatimni ko’rsangiz, meni oldingi Malika deb o’ylamaysiz.
Sherali Do’schanov, 20 yosh, Urganch shahri, xususiy firmada elektrik:
-Oilada yolg’iz o’g’il farzand bo’lganim uchun oila mas’uliyati menga tushgan. Shu boisdan maktabni tugatib,ish topishga kirishdim. Meni “Yoshlar daftari”ga ro’yxatga kiritishgan. Bir kun do’stlarim bilan ko’chada ketayotsam, ko’zim “Band bo’lmagan aholiga xizmat ko’rsatish markazi” degan yozuvga tushdi. Oldin ham eshitgan edim, lekin o’zim kirib tanishib ko’rishni hoxladim. Ichkariga kirsam axborot almashinuvi hodimlari meni iliq kutib olishdi va monomarkazda mavjud kasb-hunar turlari bilan tanishtirib, kerakli hujjatlarni ko’rsatishdi. Uyga borib aytganimda ona juda quvondi. O’zimgamos bo’lgan eng zarur va daromadli yo’nalishlardan biri “Elektrik” yo’nalishini tanladim. Bu yerda malakali ustozlardan bilim oldim. Hozirda xususiy korxonada elektrik lavozimida ishlamoqdaman. Oylik maoshim 2 milliondan boshlanadi.
Hozirgi kunda yangi qurilayotgan uylarning elektrika montaji yevropacha uslubda ekanligi bois buni oddiy elektrik tushunmasligi mumkin. Biroq, monomarkazda bizga 3 oy mobaynida nafaqat nazariy bilimlar o’rgatildi, ana shunday montaj jarayonlarida amaliyot o’tash imkoniyati yaratib berildi.
Guvohi bo’lganingizdek, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar ro'yxati asosida shakllangan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi hamyurtlarimiz Yurtboshimiz tashabbusi bilan yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda kasb-hunar egallab, ish bilan ta’minlanishmoqda.
Mavjuda Sobirboyeva, jurnalist