Adliya aralashuvi bilan kompensatsiya pullar to`lab berilishi taʼminlandi.
Urganch shahar adliya bo`limi tomonidan Urganch shahar xalq taʼlimi bo`limida xalq taʼlimi sohasiga oid qonunlar, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi o`rganildi.
O`ganishda aniqlanishicha, 2021-yil yanvar oyidan sentyabr oyigacha bo`lgan davrda vasiylik va homiylik organi xodimiga o`z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog`liq transport xarajatlarini qoplash uchun har oyda 170 000 soʼm jami 1 802 000 soʼm miqdorida kompensatsiya pullari toʼlanmasdan kelinayotganligi aniqlandi.
Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi PQ–4185-son “Etim bolalar va ota-onasining qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorining 2-bandida vasiylik va homiylik organlari xodimlariga oʼz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog`liq transport xarajatlarini qoplash uchun har oyda 170 000 soʼm miqdorida kompensatsiya to`lanadi, keyinchalik inflyatsiya hajmidan kam boʼlmagan miqdorda oshirib boriladi deb belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Urganch shahar xalq taʼlim bo`limi vasiylik va homiylik organi xodimi R.А.ga to`lanmagan 1 802 000 soʼm transport xarajatlari toʼlab berish yuzasidan Urganch shahar xalq taʼlim boʼlimiga taqdimnoma kiritilib transport xarajatlari to`lab berillishi taʼminlandi.
Kuryazov Xushnudbek
Urganch shahar adliya bo`limi etakchi maslahatchisi.