ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

Media-rejada belgilangan vazifalar ijrosi bo'yicha matbuot anjumani

Bugun Urganch shahar hokimligi binosida Urganch shahar hokimligi axborot xizmati tashabbusi bilan "2021 yilda shaharda yangidan amalga oshiriladigan sanoat, xizmat ko'rsatish va qishloq xo'jaligi sohalarini rivojlantirish boʼyicha investitsiya loyihalari" mavzusida matbuot anjumani oʼtkazildi.


Unda Urganch shahar hokimi o'rinbosari - shahar investitsiyalar va tashqi savdo boʼlimi boshligʼi M.Tajibayev ishtirok etib, shahrimizdagi sanoat va ishlab chiqarish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hususida to'xtalib o'tdi.


Unda tegishli tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.



Matbuot anjumanida Urganch shahrini 2021-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bo'yicha ma'lumotlar berildi. Xususan, sanoat, xizmat ko'rsatish va qishloq xo'jaligi yoʼnalishlarida qiymati 1,142 trln. so'm boʼlgan 58 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi natijasida yangidan 2 174 ta ish o'rinlari yaratilishi belgilangan.

Jumladansanoat yo'nalishida - qiymati 573,4 mlrd. so'm bo'lgan 20 ta loyiha amalga oshirilib, 890 ta ish o'rinlari;
qishloq xo'jaligida – qiymati 16,3 mlrd. so'm bo'lgan 6 ta loyiha amalga oshirilib, 45 ta ish o'rinlari;
xizmat koʼrsatish yo'nalishida - qiymati 552,7 mlrd. so'm bo'lgan 32 ta loyiha amalga oshirilib, 1238 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi belgilangan.
2021 yil 27 oktabr xolatiga qiymati 108,6 mlrd. so'm bo'lgan 28 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida yangidan 422 taga yaqin ish o'rinlari yaratilgan.
Bundan tashqari Davlatimiz Rahbarining 2020 yil dekabr oyida Xorazm viloyatiga tashrifidagi tasdiqlangan Bayon bilan yangi umumiy qiymati 346,8 mlrd. so'mlik 14 ta loyiha amalga oshirilishi va 1415 ishchi o'rin yaratilishi belgilangan. 


Urganch shahar hokimligi axborot xizmat.
Сана: 30.10.2021 12:55
0
2 061
Тепага чиқиш