ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

YANGI OʻQUV YILI BOSHLANDI

Bugun 6 sentyabr shahrimizdagi barcha maktablarda "Birinchi qoʼngʼiroq" tadbirlari "Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida tashkil etildi.

Har yilgi anʼana davom etib, yangi oʼquv yili barcha taʼlim maskanlarida birinchi qoʼngʼiroq sadolari yangradi.



Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev shahrimizdagi 9-son umumtaʼlim maktabida boʼlib, oʼquvchilarni, maktab jamoasini bugungi bayram bilan tabriklab, yangi 1-sinfga qabul qilingan bolajonlarga Prezident sovg‘alarini topshirdilar.



Tadbir so'ngida Shahar hokimi maktab oʼquvchilariga “Mustaqillik darsi”ni oʼtdi. O'quvchi yoshlar dars davomida oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


Ushbu dars soʼngida maktab direktori va oʼquvchi yoshlar shahar hokimiga oʼz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Сана: 06.09.2021 11:35
0
1 249
Тепага чиқиш