ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

Urganch shahar hokimining 2021 yil 11 oktabrdagi № 207-12-180-Q/21-sonli qarori

2022 yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozoridateng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to’g’risida
 

O’zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to’g’risida”gi O‘RQ 642-sonli Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5 dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to’g’risida”gi Nizomga asosan, Urganch shaharda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash maqsadida


QAROR QILAMAN:

1.Uraganch shahrida 2022-yil uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo’yicha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ro’yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2.Ushbu qarorning 1-ilovasida ko’rsatilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalardaxodimlarning ro’yxati bo’yicha o’rtacha sonidan kelib chiqqan holda    kishini tashkil etadigan, shu jumladan:
 
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki onaga,shuningdek ko‘p bolali oilalarning ota-onalari uchun 34.2 foiz 103 ta ish o’rni; 

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar, “Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari uchun ish o’rni;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar uchun 3,0 foiz 9 ta ish o’rni;

nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 3,3 foiz 10 ta ish o’rni; pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun 6,3 foiz 19 ta ish o’rni;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar uchun 3,3 foiz 10 ta ish o’rni; odam savdosidan jabrlanganlar uchun 0,3 foiz 1 ta ish o’rni;

3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish o’rinlari xodimlar tomonidan o’zlarining mehnat majburyatlarini to’siqlarsiz bajarishini ta’minlaydigan sanitariya va gigiena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq bo’lishi ta’minlansin, shu jumladan:

o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki onaga, shuningdek ko‘p bolali oilalarning ota-onalari uchun — bolalarni tarbiyalash majburiyatlari va mehnat majburiyatlari bajarilishini birga qo‘shib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega bo‘lgan ish o‘rinlari;

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini  hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan hamda “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga hamda mutaxassisligiga muvofiq bo‘lgan ish o‘rinlari; muddatli harbiy xizmatdan bo’shatilganlar uchun ularning professional tayyorgarligiga mos bolgan ish orinlari;

nogironligi bolgan shaxslar uchun — mehnat sharoitlari boyicha attestatsiyadan otkazilgan va xodimga sogligining holatini hamda mehnat faoliyatiga doir belgilangan qarshi korsatmalar hisobga olingan holda mehnat majburiyatlarini moneliksiz bajarish imkonini beradigan ish orinlaripensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos bolgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish orinlari;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar uchun - ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish o‘rinlari;

odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish o‘rinlari xarakterli talablarga muvofiq bo‘lgan mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan ish o‘rinlari tashkil qilinsin.

4. Tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarga ko’rsatilgan ish o’rinlari tashkil etilishini ta’minlasinlar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “O‘zbekistonRespublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-mayda ro’yxatga olingan, ro’yxat raqami 3163) buyrug’iga asosan subsidiya ajratib berish tartibi bo’yicha ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq to‘lash belgilanganligi inobatga olinsin.
  2. Ushbu qarorning ikkinchi ilovasida ko’rsatilgan korxona, tashkilot va muassasalardaijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilingan kasb va lavozimlar tashkil qilinsin.
  3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida tengshartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish bo’yicha mazkur qaror ijrosini bajarmagan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mansabdor shahslariga O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga ko’ra ma’muriy javobgarlik belgilanadi.
  4. Urganch shahar Aholi bandligiga ko’maklashish markazi besh kun muddatda ushbuqarorni 1-ilovasida ko’rsatilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari e’tiboriga yetkazsin.
  5. Ushbu qaror 2022-yil 1-yanvardan kuchga kirishi munosabati bilan shahar hokimining2020-yil 29-sentabrdagi 1312/1Q-sonli qarori o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
  6. Urganch shahar hokimining Ommaviy axbarot masalalari bo’yicha yordamchisi mazkur qarorni shahar hokimligining urganchshahar_uz rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
  7. Ushbu qaror shahar hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Yangi Urganch”gazetasida e’lon qilinsin.
  8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining birinchi o’rinbosariJ.Eshchanov shahar Aholi bandligiga ko’maklashish markazi direktori M.Sapayevlar zimmasiga yuklatilsin.

                             Urganch shahar hokimi                                         O.Xolboyev


Сана: 12.10.2021 04:30
0
894
Тепага чиқиш