ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

Tovarlarni qayta ishlash operatsiyalarining afzalliklari


Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish, qolaversa, eksportni qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Viloyat soliq boshqarmasida bo‘lib o‘tgan tadbir aynan eksport faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxonalarga berilayotgan imkoniyatlar xususida bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi yillarda respublikada eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni yaxshilashga qaratilgan choralar natijasida eksport hajmi tobora ortib bormoqda. Aynan tadbirkorlik sub’ektlariga mahsulotlarini eksport qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida import tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartiblari ham keskin soddalashtirilmoqda.   Import tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashga qator imtiyoz va prefrensiyalar berilmoqda.

Xorazm viloyatida tashqi savdo operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan 465 ta korxona mavjud bo‘lib, bugungi kunga qadar 88 ming AQSh dollariga yaqin 1472 ta shartnoma imzolangan. Shundan 45 ming AQSh dollariga yaqin eksport qilingan bo‘lsa, 44 ming AQSh dollariga yaqin import qilingan. 8 ta korxona reeksport bilan shug‘ullangan bo‘lib, ular bugungi kunda 7 million AQSh dollaridan ortiq tashqi savdo aylanmasiga ega hisoblanadi.

Urganch shahrida eksport salohiyati eng yuqori bo‘lgan hududlar qatoriga kirishi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 16 ta tashqi savdo operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan 9,5 ming AQSh dollari miqdorida 35 eksport shartnomalari imzolandi. 3 ming AQSh dollariga yaqin ipmort faoliyati amalga oshirilgan.

Eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga nol darajali soliq stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan soliqning oshib ketgan summalari tezlashtirilgan tarzda qoplab beriladi.

Soliq kodeksining 260-moddasiga muvofiq ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar)ga nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi hamda 262-moddasiga asosan Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish sharti bilan nol stavka bo‘yicha soliq solinishi belgilangan, -deydi viloyat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sanjar Xudoyberganov.

Tovarlarni qayta ishlash operatsiyalarining afzalliklari, qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar eksport qilinganda, qayta ishlash operatsiyasida xarid qilingan tovar va xizmatlar bo‘yicha hosil bo‘ladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i salbiy farq summasining qoplab berilishi tadbirkorlarga batafsil tushuntirildi.

Romon Atajonov,

Viloyat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar sho‘basi boshlig‘i
Сана: 07.11.2023 05:20
0
653
Тепага чиқиш