Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Urganch dehqon bozori atrofidagi avtoturargohlar qachon tartibga solinadi” sarlavhasi ostida videomurojaat tarqaldi.
Ushbu murojaat yuzasidan Urganch shahar hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Viloyatimizdagi dehqon va fermerlarning yetishtirgan qishloq xo‘jaligi va meva mahsulotlari ayni pishib yetilgan payti bo‘lganligi sababli bozorga keladigan sotuvchilar kundan kunga oshib bormoqda. Shu boisdan, dehqon va fermerlar bozorning odamlar o‘tish joylarida, yo‘laklar, avtoturargohlarda o‘zi yetishtirgan mahsulotlarni tezda sotishni ko‘zlab belgilanmagan joylarda savdo qilish holatlari kuzatilmoqda. Bozor ma’muriyati va tegishli mutasaddi tashkilotlar xodimlari bilan bu holat joyida bartaraf qilinib, belgilangan joylarda o‘tirib savdo qilishlari tushuntirilib, ogohlantirilib kelinmoqda.
Bozor hududida rastalarsiz ochiq hududdagi sotuvchilar va dehqonlarga belgilanmagan joylarda o‘tirib savdo qilishlari qonunga hilofligi va belgilangan rastalarda savdo qilishlari to‘g‘risida radio uzel orqali muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari avtoturargoh atrofidagi ekin maydonlari obodonlashtirilib, yerga ishlov berildi va gazon sepilib archa daraxtlari ekildi, odam o‘tmaydigan qilinib ip to‘sinlar bilan o‘raldi.
Hozirgi kunda ushbu avtoturargohda asfalt yotqizish ishlari rejalashtirilmoqda asfalt ishlari yakuniga yetkazilgandan keyin qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 28.08.2012 yildagi 253 sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda jamiyat faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yib olish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish va ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.