ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

Media-reja ijrosi bo'yicha ochiq muloqot


Bugun Urganch shahar hokimligida "Qish mavsumida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik taminoti" mavzusida Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev va soha vakillari ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi.


Unda shahrimizdagi mahallalardagi kommunal xizmatlar, gaz muammolari, issiqlik taminotining uzluksiz berilishi singari kamchiliklar mutassaddilar ishtirokida tahlil etilib, o'rganildi. 

"Mazkur qish mavsumi har yilgiga qaraganda ancha og‘ir keldi. Havoning keskin sovib ketishi va natijada hududlarda gaz bosimining pasayishi fuqarolar uchun biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Ayniqsa shahar hududidagi aholini issiqlik bilan ta'minlash masalasi mas'uliyat va mashaqqat talab etdi. Ammo, ushbu jarayonlardan bezarar o‘tib olishga erishdik. Bu holatlar biz mutassaddilarga kelgusida qish mavsumiga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rish lozimligini anglatdi."- deydi ochiq muloqot ishtirokchilaridan biri.


Bundan tashqari, har bir kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish uchun mahallabay ishlash borasida tavsiyalar berildi.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.


Сана: 11.02.2023 03:04
0
1 040
Тепага чиқиш