OCHIQ MULOQOT TАSHKIL ETILDI
Bugun Urganch shahar hokimligi binosida hokim oʻrinbosarlari, tegishli soha vakillari ishtirokida "Hududda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholining ehtiyojmand qatlamini qoʼllab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari" boʼyicha ochiq muloqot oʼtkazildi.
Unda Ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob olishdi. Muloqot davomida bandlik masalalari, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar xususida maʼlumotlar berildi.
Tadbirda soha mutassadilari, OАV vakillari va blogerlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot qizgʼin baxs va munozaralarga boy boʼldi.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
MАTBUOT АNJUMАNI OʼTKАZILDI
Bugun Urganch shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari J.Eshchanov ishtirokida "2021 yilda shaharda yangidan amalga oshiriladigan sanoat, xizmat koʼrsatish va qishloq xoʼjaligi sohalarini rivojlantirish boʼyicha investitsiya loyihalari" toʼgʼrisida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.
Unda shahrimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hususida soʼz bordi.
Ta'kidlanganidek, shahrimizda joriy yilning 1 iyul holatiga 7389 ta tadbirkorlik sub'ektlari faoliyat koʼrsatib kelmoqda. Jumladan, 4477 ta kichik biznes sub'ektlari va 2912 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar tashkil etadi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 459 ta yangi kichik biznes sub'ektlari tashkil etildi. Tashkil etilgan kichik biznes sub'ektlarining 98 tasi sanoat, 14 tasi qishloq ho'jaligi, 42 tasi qurilish, 146 tasi savdo, 21 tasi tashish va saqlash, 39 tasi yashash va ovqatlanish, 12 tasi axborot va aloqa, 15 tasi sog'liqni saqlash xamda 72 tasi boshqa yo'nalishlar hissasiga to'g'ri keladi.
Tadbirda soha mutassadilari, OАV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.
Matbuot anjumani qizgʼin baxs va munozaralarga boy boʼldi.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Kanalga ulanish uchun:
https://t.me/urganchshahar_uz