KORRUPSIYAVIY JINOYATLARNI OLDINI OLISH BORASIDA YIG'ILISH O'TKAZILDI
Oʼtgan davr mobaynida Oʼzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy Kengashi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan belgilab berilgan vazifalar, tegishli tashkilotlar ish rejalarida aks ettirilib, ijrosini taʼminlash maqsadida tizimli va samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Kecha Urganch shahar hokimligi majlislar zalida korrupsiyaga oid jinoyatchilikning holati va uning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish boʼyicha koʼrilayotgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy Kengashi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan shahar sektor rahbarlari boshchiligida shahardagi idora va tashkilot rahbarlari, deputatlar, jamoatchilik faollari, OAV vakillari ishtirokida yig'ilish tashkil etildi.
Yig'ilishda qisqa vaqt ichida har-bir korxona, tashkilot hamda oʼquv muassalalari rahbarlari oʼz jamoasida korrupsiya holatlarni oldini olish boʼyicha mutaxassislarni jalb qilgan holda davra suhbatlari va tushuntirish ishlari olib borishi lozimligi ta'kidlandi.
Yigʼilish davomida bildirilgan fikr-mulohazalar, belgilangan vazifalar, shaharda korrupsiya holatlarini oldini olish borasida yanada ishlarni tashkil qilishga xizmat qiladi.



Yigʼilish davomida bildirilgan fikr-mulohazalar, belgilangan vazifalar, shaharda korrupsiya holatlarini oldini olish borasida yanada ishlarni tashkil qilishga xizmat qiladi.