ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

SHAHRIMIZ MAHALLA RAISLARIGA SEMINAR TASHKIL ETILDI


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" to'g'risida”gi 60-sonli farmoni belgilangan mahalladan turib barcha davlat oranlariga murojaat qilish, mahallabay ishlash va ortiqcha qogʼozbozlikni oldini olish, hamda, inson qadrini ulugʼlash maqsadida fuqarolar tomonidan yo'naltirilgan murojaatlarni tez va sifatli hal etish tizimini joriy etish maqsadida integratsiyalangan “e-murojaat.uz” elektron dasturlari ishlab chiqilgan.




Mazkur qaror va farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida, Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi va Urganch shahar “Ishga marhamat” monomarkazi tomonidan shahardagi mahalla fuqarolar yigʼini raislariga o'quv-amaliy seminar o'tkazildi.




Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Сана: 20.06.2022 04:16
0
53
Тепага чиқиш