ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

URGANCH SHAHRIDA AYOLLAR BAYRAMI KENG NISHONLANDI


Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʼrki boʼlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʼrsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʼlib kelgan va shunday boʼlib qoladi. Chunki ayollarimiz bilan hayotimiz goʼzal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.



Hammamiz orziqib kutgan goʼzal bahorning ilk kunlarida, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kunida Urganch shahrida aziz ayollarimiz uchun bayram tuhvalari boshlandi.


Urganch shahrida boʼlib oʼtayotgan bayram dasturlarida ham ayollarimizga eʼtibor, eʼhtirom koʼrsatilmoqda. Bayramda Urganch shahar hokimi O.Xolboyev soʼzga chiqib, bugungi kunda shahrimizni yanada rivojlantirish boʼyicha Prezidentimiz bayram marosimida belgilab berilgan maqsad va vazifalarga erishishda ayollarimizning beqiyos hissasi bor ekanligini, buning uchun nozik xilqat egalari, ayollariizga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi deya ta'kidladi.



Bayram dasturida oʼzining onalik mehri, hayotiy bilim va tajribasi bilan farzandlarinimizni turli xavf-xatarlardan asrashda, ularni mustahkam irodali, maʼnaviy-intellektual jihatdan yetuk, jonajon Vatanimizga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashda, ishda, jamoatchilik bilan faoliyat yuritishda namuna boʼlayotgan bir guruh ayollarimizga Urganch shahar hokimligi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʼalari ham topshirildi. 


Shuningdek bayram dasturxoni yozilib, isteʼdodli honandalar tomonidan kuy-qoʼshiqlar ham ijro etildi.
 

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram dasturlari Urganch shahrining barcha nuqtalarida davom etadi.


Urganch shahar hokimligi axborot xizmati. 
Сана: 08.03.2022 09:41
0
1 131
Тепага чиқиш