SHАHRIMIZ MАHАLLАLАRIDА OBODONLАSHTIRISH ISHLАRI АVJIDА
Prezidentimiz tomonidan respublikamiz bo'ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida shahrimizdagi barcha mahallalarda obodonlashtirish ishlari, daraxt va ko'chatlarni ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev tashabbusi bilan ayni kunlarda mahallalarida daraxt va ko'chatlarni ekish, tevarak-atrofni tartibga keltirish, obodonlashtirish, ariq-zovurlar, xiyobonlarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Obodonlashtirish ishlari jarayonida mahallalar, aholi punktlari, ko'p qavatli uylar, hovlilar, bog' va sayilgohlarni tartibga keltirish, chiqindilarni belgilangan joyga chiqarib tashlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.