ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

YUTUQ SOHIBLARI URGANCH SHAHAR HOKIMI TOMONIDAN TAQDIRLANDI

Urganch shahrida ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasini shahrimizdagi o'qituvchi-murabbiylarni erishayotgan muvaffaqiyatlari misolida ko'rish mumkin.


Xususan, Urganch shahridagi 5-sonli umumiyta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Nilufar Olimova "Ustoz-2021" tanlovining "Matonatli ustoz" nominatsiyasi g'olib bo'ldi. Kecha "Yosh kitobxon" Respublika tanlovining Xorazm viloyati bosqichida 10-14 yosh toifasida Urganch shahar 30-son IDUMning 8-sinf o'quvchisi Niginaxon Xojiqurbonova faxrli 1-o'rinni egalllab Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.


Shu munosabati bilan Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev yutuqqa erishgan o'qituvchi va o'quvchimizni faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladi.


Taqdirlanganlar Urganch shahar hokimi tomonidan ta'lim sohasiga qaratilgan bu e'tibor va rag'batdan minnatdor bo'ldilar. 

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati. 
Сана: 29.01.2022 04:20
0
418
Тепага чиқиш