ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

XАLQ DEPUTАTLАRI URGАNCH SHАHАR KENGАSHINING QIRQ TO'QQIZINCHI SESSIYASI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining qirq to‘qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.


Sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, shahardagi tashkilot, korxona rahbarlari ishtirok etdi.
Unga Urganch shahar hokimi, sektor rahbari Oybek Xolboyev raislik qildi.


Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi.

1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Urganch shahridagi Xalq
qabulxonasiga 2021-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi va hal qilinishi ahvoli to‘g‘rsidagi qabulxona mudiri Sh.Ibragimovning tahliliy axboroti to‘g‘risida;


2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-
son Farmoni ijrosi yuzasidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqidagi shahar adliya bo‘limi boshlig‘i O.Yusupovning axboroti to‘g‘risida;

3) Urganch shahar mahalliy byudjetining yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘i hisobidan mablag‘ ajratish haqida Urganch shahar moliya bo‘limi mudiri J.Sapaevning hisoboti to‘g‘risida;
4) Urganch shahar Byudjet muassasalarining 2021-yil IV-chorak harajatlar cmetasiga o‘zgartirish kiritish yuzasidan shahar moliya bo‘limi mudiri J.Sapaevning axboroti to‘g‘risida;

5) Urganch shahar “Shovot” madaniyat va istirohat bog‘i davlat unitar
korxonasi ayrim ishchi xodimlarini shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga o‘tkazish yuzasidan shahar moliya bo‘limi mudiri J.Sapaevning axboroti to‘g‘risida;

6) Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining 2022-yil uchun Ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

7) Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi doimiy komissiyalarining 2022-yil uchun ish rejasini tasdiqlash hamda ekspert guruhlarini tashkil qilish to‘g‘risida;

8) Urganch shahridagi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarini o‘rganish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Urganch shahar hokimining birinchi o‘rinbosari J.Eshchanovning hisoboti to‘g‘risida;

9) Shahardagi sektor rahbarlari tomonidan hududdagi ijtimoiy himoyaga
muhtoj oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida.



Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborot tinglanib, qaror qabul qilindi.


Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Сана: 26.01.2022 03:53
0
3 542

Добавить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Тепага чиқиш