ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

"JALOLIDDIN MANGUBERDI" BOG'I ENDI AHOLI DAM OLISH HIYOBONIGA AYLANTIRILADI


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 199-f-sonli farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan Al-Xorazmiy ko'chasida "Jaloladdin Manguberdi hiyoboni" tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan Urganch shahridan o'tuvchi "Shovot" kanalining chap qirg'og'ida joylashgan "Jaloliddin Manguberdi" bog'ida joylashgan Jaloliddin Manguberdi haykali viloyat qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik Kengashi tomonidan Shimoliy g'arbiy okrug 53008 harbiy qismning maydoniga ko'chirib o'tkazilishi taklif ishlab chiqilgan. Uning o'rni obodonlashtirilib, aholi dam olish hiyoboniga aylantirilishi belgilangan.
 
Bugungi kunda "Janubgaz qurilish" aksiyadorlik jamiyati hamda Urganch shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan "Shovot" kanalining chap qirg'og'ida joylashgan Jaloliddin Manguberdi haykalini ko'chirish va o'rnini aholi dam olish hiyoboniga aylantirilish ishlari olib borilmoqda.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Сана: 02.12.2021 03:30
0
3 850
Тепага чиқиш