ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

YOʻL QURGAN-ELDA AZIZ!

Bugungi kunda Urganch shahridagi deyarli barcha ichki koʻchalarga asfalt yotqizilib, tekis holatga keltirilmoqda.

Soʻzimiz isboti, "Obod mahalla" dasturiga kiritilgan "Ziyokorlar" mahallasining ichki koʻchalarida taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, koʻchalarning 3297 metr qismiga tosh tashlanib, asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Bunday uzunlikdagi yoʻlni tez fursatlarda sifatli qilib yakunlash maqsadida ikki smenadan ish tashkil etilgan.


Ushbu koʻchalar endi yomgʻirda loy, issiqda chang boʻlmaydi. Bunday oʻzgarishlardan ayniqsa mahalla aholisi juda mamnun.



- Mahallamiz "Obod mahalla" dasturiga kiritilganidan keyin tanib boʻlmas darajada oʻzgarib ketdi. Koʻrganning havasi keladi. Odamlarimiz ham xursand. - deydi mahalla fuqarolaridan biri.


Darhaqiqat, shahrimizda amalga oshirilayotgan har bir oʻzgarish odamlar ertasini yaxshilash, bugungi kunidan rozi boʻlib yashashlari uchundir.


Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
Сана: 05.08.2021 10:35
0
81
Тепага чиқиш