ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

BU YILGI TEST SINOVLARI BOSHLANISHIGA SANOQLI SOATLAR QOLDI

Ayni damda, Urganch shahridagi joriy yilgi kirish imtihonlari oʻtkaziladigan ochiq hududlar— stadion va xiyobonlarda tayyorgarlik ishlari qizgʻin olib borilmoqda.


Bugun Urganch shahar hokimi Oybek Xolboev test sinovlari oʻtkaziladigan hududlarda boʻlib, abituriyentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Hozirda bu yerda partalarni joylashtirish, videokuzatuv qurilmalari uchun elektr simlarini tortish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, hokim zaxira ichimliklar, bosh kiyimlarini ham koʻzdan kechirish barobarida,  mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.



Urganch shahar hokimligi Axborot xizmati.
Сана: 04.08.2021 05:30
0
503
Тепага чиқиш