Urganch shahar hokimining 2022 yil 6 yanvardagi № VI-48-5-12-180-K/22-sonli qarori
“2021-yil uchun Urganch shahar mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Xalq
deputatlari Urganch shahar Kengashi qarori ijrosi jarayonida mahalliy budjetga kiritilgan o‘zgarishlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-657-sonli Qonuniga muvofiq “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritilgan. Ushbu Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlariga ushbu Qonun talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartishlar kiritish, hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish hamda davlat boshqaruvi organlarining ushbu Qonunga zid bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlash vazifalari yuklatilgan. Yuqoridagilar kelib chiqib, Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi
QAROR QILADI:
1. Urganch shahar moliya bo‘limi mudiri J.Savpaevning Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining 2020-yil 31-dekabrda qabul qilingan “2021-yil uchun Urganch shahar mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 27-89-sonli Qarori ijrosi jarayonida mahalliy budjetga kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2021 yil uchun Urganch shahar budjetidan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari
№ Ko‘rsatkichlar miqdori ming so‘mda
Xarajatlar miqdori Jami 149 855 736.6
shu jumladan:
№ Ko‘rsatkichlar miqdori
joriy xarajatlar 149 855 736.6
ob’ektlarni loyihalashtirish qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun
kapital qo‘yilmalar
1. Xalq ta’limi bo‘limi 8 469 335,0
shu jumladan:
joriy xarajatlar 8 469 335,0
2. Maktabgacha ta’lim bo‘limi 24 312 553,6
shu jumladan:
joriy xarajatlar 24 312 553,6
3. Tibbiyot birlashmasi 43 059 625,4
shu jumladan:
joriy xarajatlar 43 059 625,4
4. Madaniyat bo‘limi 7 617 255,9
shu jumladan:
joriy xarajatlar 7 617 255,9
5. Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi 2 694 761,3
shu jumladan:
joriy xarajatlar 2 694 761,3
6. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi 925 779,3
shu jumladan:
joriy xarajatlar 925 779,3
7. Mehnat bo‘limi 699 213,7
shu jumladan:
joriy xarajatlar 699 213,7
8. Moliya bo‘limi 1 685 092,5
shu jumladan:
joriy xarajatlar 931 428,6
moddiy va manaviy zarar 441 678,9
advakatlar 311 985,0
9. Obodonlashtirish boshqarmasi 29 252 108,3
shu jumladan:
joriy xarajatlar 29 252 108,3
10. Davlat hokimiyat organlari 28 812 672,9
shu jumladan:
joriy xarajatlar 10 514 822,9
tashabbusli budjet 1 102 000,0
ijtimoiy nafaqalar 17 195 850,0
11. Pensiya jamg‘armasi xududiy bo‘limi 616 790,7
shu jumladan:
joriy xarajatlar 616 790,7
12. Xalq qabulxonasi xududiy bo‘limi 55 949,6
shu jumladan:
joriy xarajatlar 55 949,6
13. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash xududiy bo‘limi 1 519 074,6
shu jumladan:
joriy xarajatlar 1 519 074,6
14. Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati 135 523,6
shu jumladan:
joriy xarajatlar 135 523,6
2) 5-ilovaning xarajatlar matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2021-yil uchun shahar budjeti xarajatlar prognoz ko‘rsatkichlari
ming so‘mda
№ Shaxar Tasdiklangan reja Aniklangan reja*
1 Urganch shahri 125 145 449.0 149 855 736.6
2. Shahar hokimligi budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratilgan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlariga ushbu Qaror talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritsin.
3. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish shaxar hokimining birinchi o‘rinbosari (J.Eshchanov) va xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi (Sh.Halimov)ga yuklatilsin.
Kengash raisi O.Xolboyev