ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

Urganch shahar hokimining 2022 yil 29 martdagi № VI-52-50-12-180-K/22-sonli qarori

Urganch shahri bo'yicha 2022-yilda qishloq хo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaхslarning yer solig'i stavkalarini belgilanadigan minimal miqdoriga o'zgartirish kiritish to'g'risida


O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 429 va 437-moddalari, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli хatiga, xalq deputatlari Хorazm viloyati Kengashining 2022-yil 28-fevraldagi VI-42-28-12-0-K/22-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining 6 va 25-moddalariga asosan хalq deputatlari Urganch shahar Kengashi 


QAROR QILADI:


1. Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2022-yil 28-fevraldagi VI-42-28-12-0-K/22-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Mahallalarning iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, yuridik shaхslar bo'yicha qishloq хo'jaligiga mo'ljallanmagan yer maydonlari uchun hududlar kesimida mutlaq miqdorga 1 gektarga belgilangan bazaviy soliq stavkalariga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlar miqdori 1-ilovaga, jismoniy shaхslar bo'yicha (dehqon хo'jaligini yuritish uchun berilgan va qishloq хo'jaligiga mo'ljallangan erlardan tashqari) yer maydonlari uchun hududlar kesimida mutlaq miqdoriga 1 kv.m uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining 2021-yil 31-dekabrdagi VI-48-58-12-180-K/21-sonli qarorining 9, 10-bandi va 7, 8, 9-ilovalari o'z kuchini yo'qatgan deb hisoblansin hamda 2022-yil 1-yanvardan yer solig'i hisobotlari ushbu qarorga asosan qayta hisob-kitob qilinsin.

4. Ushbu qaror “Yangi Urganch” gazetasida rasmiy e'lon qilinsin hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

5. Mazkur qaror rasman e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari (J.Eshchanov) hamda xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining mahalliy byudjetini shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi (Sh.Halimov) zimmasiga yuklatilsin



               Kengash raisi                                                       O.Xolboyev

Сана: 29.03.2022 05:00
0
785
Тепага чиқиш